Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va qoidalari
Tarbiya nazariyasida ham pedagogika fanida bo‘lgani kabi, yangi vujudga
kelayotgan qarashlar bilan eskirib borayotgan qarashlar o‘rtasida kurash ketgan.
Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim yo‘nalishlarni tanqidiy o‘rganmay
turib, tarbiya nazariyasining asosiy masalalarini tushuna olish qiyin. Keng
tarqalgan biri avtoritar (boshqalarga ko‘r-ko‘rona bo‘yin suyish) tarbiya nazariyasi
edi. Avtoritar tarbiya XVI asrda paydo bo‘lib, hozirda Ispaniyada, Lotin
Amerikasining ba‘zi mamlakatlarida yaqqol ifodasini topgan. Avtoritar tarbiyani
ilmiy ravishda asoslab berishga uringan nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1771-
1841) bola tug‘ilganda «yovvoyi sho‘xlikka» xos bo‘lish fikrini olg‘a suradi. Shu
bilan u tartib buzgan o‘quvchilar uchun jarima jurnalini tashkil etishni taklif etadi.
U tartib buzgan o‘quvchilarni ovqatsiz qoldirish, burchakka turg‘izib qo‘yish,
kartserga qamash, jarimaga tortish kabi jazolashni turlarini joriy etadi.
Avtoritar tarbiyani birinchi bo‘lib J.J.Russo tanqid qildi va o‘zi erkin tarbiya
nazariyasini ilgari surdi.
O‘zbek maktablarida ta‘lim-tarbiya bir-biridan ajralmas deb hisoblanadi.
Sinfdagi har qanday ish doimo tarbiyaviy ishdir., biroq tarbiyaviy ishlarni ta‘lim
berish bilan cheklash mumkin emas.
Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish,
uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir.
Tarbiya – ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini
nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan
o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun
tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma‘lum bir maqsadga qarata va
muntazam suratda ta‘sir qilishdir. Bu xildagi ta‘rif tarbiya tushunchasiga kiradigan
hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, ahloq, ijtimoiy xulq-atvor
qoidalarini singdirish, muayyan harakter va iroda, odat va ahloq yaratishni o‘z
ichiga oladi.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta‘sir
etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi
shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan
va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan
to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.
Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta‘sirga nisbatan
ma‘lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va
hohishlarini ifodalaydi.
Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (hoh
ijobiy, hoh salbiy) ta‘siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta‘sirga munosabatini belgilab beradi
va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina
kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga
nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday
anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad
qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning
barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y
beradi. Bola ulg‘aya borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib
boradi va bola shaxsning kamolga еtishida yo ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi.
Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta‘sir etishni ko‘zda tutadi,
zeroki shu yo‘l bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan talablari tarbiyalanuvchining
hulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi.
Tarbiya jaaryonida o‘quvchining onginigina emas, balki his-tuyg‘ularini
ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga
muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish
uchun o‘quvchining ongiga (ta‘lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va
sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish
jaaryonida) muntazam ta‘sir etib boriladi. Agar o‘quvchini tarbiyalashda bulardan
birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e‘tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish
qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkabdir.
Maktabdagi tarbiya jarayoni to‘xtovsiz davom etadigan jarayon bo‘lib, unga
o‘qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur
bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini
belgilaydi. O‘quvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta‘minlab, ular
o‘rtasida ijtimoiy, jamoa va o‘rtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit
yaratadi.
O‘quvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy
tashabbuskorligi o‘sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari,
e‘tiqodlari va voqyea hodisalarga o‘z nuqtai nazari vujudga keladi va
mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta‘siriga nisbatan qanday
munosabatda bo‘lishini belgilaydi.
Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga
etkazish jarayonidan iborat bo‘lib, uning mazmuni ta‘limdagidek alohida
predmetlarda
emas,
balki o‘quvilarning hayot-faoliyatlari va o‘zaro
munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining o‘ziga xos
hususiyatlari kelib chiqadi.
Tarbiya jarayonida pedagogik talab
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang‘ich usuli bo‘lib,
tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki to‘xtatishni va aniq
amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta‘minlaydi.
Talab qilish usuli o‘quvchilarning ko‘pgina ahloqiy sifatlarini
shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o‘ziga
nisbatan mas‘uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning
jamiyatimizdagina xalqning ma‘naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda
pedagogik talab tarbiya jarayonining ta‘sirchan usuliga aylanishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan,
o‘z ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. O‘quv
va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh
beradi yoki rag‘batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va
lo‘nda bo‘lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o‘xshab ketsa-da boshqalari acha
keng tushintirish yo‘l-yo‘riqlar shakliga ega bo‘ladi. Bir xillari o‘quvchilarni faqat
ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko‘nikma va
malakalarini o‘zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan;
ayrimlari o‘quvchilarning keraksiz va noto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatsa, boshqalari
muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo‘llab quvvatlaydi. Pedagogning
talabisiz o‘quvchilarning o‘quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga
boradi., o‘z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq muayyan
tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida
amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning
asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz.
Pedagogning talablari vositasiz talablar bo‘lishi mumkin, bunda tarbiyachi
ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.
Pedagogning talablari vositali talablar bo‘ladi, bunda o‘qituvchi o‘z talablari
bilan bolalarda o‘z do‘stalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi.
Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik
vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.
Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, o‘shaning talab qiluvchiga
munosabatidir.
Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog rag‘batlantiradigan
faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf
va salbiy munosabatlar deb ta‘riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda
ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin.
Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz.
Talab to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bunda o‘qituvchining murojaati qat‘iy,
dadil ohangda ifodalangan aniq ko‘rsatmaga ega bo‘lishi mumkin.
To‘ppa-to‘g‘ri talab o‘quvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa
ta‘sirchan bo‘ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg‘in va qat‘iy talab bo‘lmasa,
tarbiyaviy jarayonni boshlab bo‘lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan
berilgan va‘dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni o‘ylasa, u xato qilgan
bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tamizki, to‘ppa-to‘g‘ri talab ko‘pincha o‘quvchining
pedagogga yoki u boshlangan faoliyatga betaraf munosabatda bo‘lishi sharoitida
ishlatiladi. Bunday vaziyatda to‘ppa-to‘g‘ri, vositasiz talabning quyidagi
qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir.
Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy bo‘lishi, ya‘ni mutlaqo muayyan xatti-
harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki
ta‘qiqlamasligi, to‘xtatmasligi lozim.
Albatta, o‘qituvchining ta‘qiqlashlaridan ayniqsa o‘quvchilar belgilangan
xulq-atvor qoidalarini har-xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi.Biroq
pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta‘qiqlashlar tashkil etmaydi.
Ikkinchi qoida: to‘ppa-to‘g‘ri talab yo‘l-yo‘riq tarzda, ya‘ni bir xil ma‘noli,
aniq va tushinarli bo‘lishi lozim. Dastlabki paytlarda o‘quvchilarning yangi
harakatlarini rag‘batlantirganda talab yo‘l-yo‘riq berish bilan qo‘shilib ketganday
bo‘ladi, ularni aniq ta‘riflab beradi.
Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan to‘ppa-
to‘g‘ri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak.
Shuni esda tutish kerakki, o‘xshash pedagogik harakat qonunning namoyon
bo‘lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi
talablarining kuchli va ta‘sirchanligini oshiradi, o‘quvchida tarbiyachiga aql-idrok
bilan aniq bo‘ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan
talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi.
Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi.
Pedagogik vaziyat qandaydir o‘zgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq
etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga
vaziyatning zarur yo‘nalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog to‘ppa-to‘g‘ri
talablarni qo‘yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni
vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmaydi,
pardalangan shaklda bo‘ladi va rag‘batlantiruvchi omil sifatida faqat talabning
o‘zidan emas, balki psixologik omillardan-bolaning turli kechinmalaridan, his-
tuyg‘ularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga bo‘lgan ijobiy munosabatini
ifodalash bilan bog‘liqdir. Bular iltimos, ishonch, ma‘qullashdir. Ularni ijobiy
talablar deb ataymiz.
Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga bo‘lgan munosabatini yaqqol
ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning rag‘batlantiruvchi munosabatlariga
asoslanadi. Bular maslahat, sha‘ma, shartli talab va o‘yin shaklidagi talabdir.
Ularni bartarf talablar deb ham ataymiz.
Vositasiz talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning
u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish
qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va do‘q qilishdir.
Iltimos – u pedagoglar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni
rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish
vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq
qiladiki, ishni bolaning o‘zi batamom o‘z hohishiga qo‘yib beradi. O‘quvchi har
qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, o‘z ixtiyori bilan
bajarayotganini his qilsin.
Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson
faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: o‘zining boshqa kishilar uchun
foydali ekanligini his qilish, o‘rtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi.
Ko‘pincha bu - ancha murakkab va mas‘uliyatli ba‘zan faxrli topshiriq bo‘ladi.
Talab ma‘qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga
aylantiradi. Ba‘zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda
qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi, pedagogning ma‘qullashi dastlabki
qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta‘minlaganday tuyuladi, o‘z kuchiga
ishonch uyg‘otib, bundan keyingi intilishlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Talab-
maslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash
huquqi bolaning o‘zida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi,
pedagogni katta yoshdagi o‘rtoq deb bilishga o‘rgatadi. Uning obro‘si keng
bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi.
Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab
beradigan yo‘l-yo‘riq emas, balki ko‘pincha еchimlarni mustaqil izlashga
undashdan iboratdir.
Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni
muayyan
vaziyatlarda,
ayniqsa
qiyinchiliklarda
o‘quvchilar
bilan
maslahatlashishga o‘rgatadi. O‘z navbatida pedagoglar o‘zlariga bolalar maslahat
uchun murojaat qilishini qadrlashishini, o‘zaro aloqani kuchaytirishga xizmat
qiladi.
Talab-sha‘ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag‘batlantirishning
yashirin shaklidir. Sha‘ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish bo‘lgan talablarni,
ma‘nosi ochib berilmaydigan talablarni o‘ziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan
sharoitda sha‘ma talabning «yashirin»shakli bo‘lib, u faqat ikki kishiga ayon
bo‘ladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi.
Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy
pedagogik talablarni shakli ana shulardan iborat u yoki bu talabning tanlash
pedagogning o‘zboshimchalik bilan ish ko‘rishga bog‘liq bo‘lmay, balki,
pedagogik vaziyatni qanday sodir bo‘lishiga bog‘liqdir
Dostları ilə paylaş: |