10-MAVZU: O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
REJA:
1.
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar.
2.
O‘qituvchi nazorati va ta‘lim oluvchilar
faoliyatini baholashning
uyg‘unligi.
3.
Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogic testlarning roli.
4.
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.
Tayanch so‘z va iboralar:
bilim, o‘zlashtirilgan bilimlar, baholash,
mezon, test, boshqarish, ta‘lim natijalari.
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar.
Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma‘naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini
aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash
davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash
jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga
ta‘sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi
va talabada
qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi
yutuq va
kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim.
O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida
muntazam amalga oshirilishi uchun
reyting tizimi joriy qilinib, ba‘zan, tasodifan
tekshirishlarning oldini oladi va
tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib
beradi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta
vazifasi borligini alohida uqtiradi.
1. O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta‘lim
standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi, talabalarda
bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o‘quv yurtlari oldida turgan ta‘limiy maqsad
bajariladi.
3. Ta‘lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta‘sir
ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki rux, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo
bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zlashtirishni nazorat qilish ta‘lim
tizimining
ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki
va amaliy
metodlaridan keng foydalanilmoqda. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi
va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, metod, o‘qitish shakllari va
vositalarini takomillashtirib boradi.
Shu boisdan ham, «pedagogik texnologiya»,
«didaktik texnologiya», «ta‘lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik
innovatsiyalar» atamasi mustahkam o‘rin olmoqda.
Dostları ilə paylaş: