ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi, badiiy ijrochilik faoliyatining
ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi, go‘zallikni
turmushga, tabiatga, o‘z
qiyofasiga kiritish ko‘nikma va malakalarini tarbiyalaydi.
4. Estetik va badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasini bajarish
natijasida o‘qituvchi har bir bolada umumiy va maxsus badiiy-ijodiy
qobiliyatlarining rivojlanishini, hissiy hozirjavoblik qobiliyatini hamda ijodiy
hayolni rivojlantiradi.
Estetik tarbiya vazifalarini to‘la-to‘kis bajarilishi o‘quvchilarda qator
ijobiy sifatlarni: tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko‘ra bilish, intiluvchanlik,
orzu qila bilishlik kabilarni shakllantiradi.
Estetik tarbiya mazmuni
O‘quvchilarda estetik tarbiyaning mazmuni, ularda estetik bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho
berish va didlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof hayot voqyeligi, buyumlar,
ularning rang-barangligi, turlarini, hamda san‘at asarlarini estetik o‘zlashtirishi
jarayonida tarkib topadi.
O‘quvchilar tevarak-atrof, hayot, tabiat va har xil janrdagi san‘at asarlari:
grafika, rang-tasvir haykaltaroshlik, amaliy san‘at, musiqa bilan tanishib
boradilar va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar.
Go‘zallik va xunuklik, ko‘tarinkilik va tubanlik, fojialilik va kulgulilikning
asosiy mezonlarini egallash, tushunib еtishlari, estetik malaka va ko‘nikmalardan
hayotda foydalana olishga, estetik his-tuyg‘ularini
ifodalashga oid bilimlarni
egallagan bo‘lishlari lozim.
O‘quvchilar asosiy estetik tushuncha go‘zallik to‘g‘risidagi bilimlarni
o‘zlarining o‘rab turgan tevarak-atrofdagi turmush ashyolari: kiyim-kechak,
o‘yinchoqlar, oila a‘zolarining o‘zaro madaniy samimiy munosabatlari, saranjom
hovli, chiroyli gulzor, san‘at asarlari; musiqa, ashula, chiroyli surat orqali
egallaydilar.
Go‘zallik to‘g‘risidagi bilim va tushunchalaridan o‘quvchilar xatti-
harakatlarini, kishilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar.
O‘quvchilar ijodiy mehnatning turlariga ko‘ra go‘zalligini, mehnat sharoiti,
mehnat maxsulini go‘zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali
ko‘tarinkilik kabi murakkab estetik san‘at asarlari: she‘r, ashula, musiqa
asarlarining go‘zalligini bilib oladilar.
O‘quvchilar voqyelikdagi hajiv ya‘ni asarlardagi voqyelikka doir kulguli
rasmlarni tahlil qiladilar. Voqyelikdagi hajiv- bu o‘ziga xos qoidadan chekinish,
go‘zallik, shakl va mazmun birligi qonunlarning buzilishi ekanligini; umri
tugayotgan narsalar ustidan kulish estetik ideal, go‘zallik
uchun kurashning
o‘ziga xos shakli ekanligini; hajiv eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi ziddiyatlar
aks ettirilishini; hayot va san‘atda hajiv ko‘pgina vositalar yordamida (so‘z,
surat) ifodalanishini, shuningdek, badiiy faoliyat va san‘at, u qaysi turda
bo‘lishidan qat‘iy nazar inson dunyoni estetik o‘zlashtirganligining oliy
ko‘rinishi ekanligini bilib olishlari kerak.
Pedagog o‘quvchilarga san‘at turlari haqidagi bilimlarni berish bilan birga
ularning estetik hissiyotini bir joyga to‘playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza
yuritishga o‘rgatadi.
O‘quvchilar estetik tarbiya jarayonida estetik malaka va ko‘nikmalar ham
egallashlari lozim. Musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘shiq, musiqaviy harakat
qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko‘zda tutiladi.
Tasviriy san‘at asarlarini diqqat bilan kuzata bilish, ularning mazmuni va
ifoda vositalarini, tahlil qilish janrlarni bir- biridan farqlash malakalarini
egallaydilar.
Musiqa va rasm darslarida pedagog o‘qituvchilarda mustaqil izlanish,
ijod qilishga doir ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Estetik tarbiya vositalari – o‘quvchilarnig estetik tarbiyalash maqsadida
tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san‘at
estetikasi va bolalarning
badiiy ijodi hisoblanadi. Oila go‘zallikning birinchi maktabi. Oila a‘zolarining
o‘zaro munosabatlari, uyning jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi,
tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi,
maktabdagi yodgorlik va a‘lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita
bolalar estetikasiga ta‘sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va
tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini
tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, a‘lochilar
taxtasi va
boshqalar| o‘quvchilarning estetik didlarini tarbiyalaydi. Tabiat eng muhim
estetik tarbiya vositasidir. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bo‘lib,
tabiatdan ta‘sirlanish, uni ko‘ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga bog‘liqdir.
O‘quvchilarning tabiatga sayohatlari, turistik yurishlari, ular diqqatini tabiat
go‘zalligiga qaratish imkonini beradi. O‘quvchilar yilning to‘rt faslida tabiat
o‘ziga xos rang olishini, o‘zgarishini bilib oladilar, tabiat hodisalariga qiziqish
kuchayadi va tabiatni asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab еtishlariga
|yordam beradi. O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida nafaqat tabiiy bilimlarni
o‘zlashtiradilar, balki tabitda go‘zallikni
yaratishni, maktab hovlisini
ko‘kalamzorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt o‘tqazish va parvarish qilish kabilar
bolalar ruhiyatiga kuchli ta‘sir etadi va estetik ko‘nikma-malakalarini
shakllantiradi. San‘at turlari asosiy tarbiya vositalari bo‘lib, san‘atning xilma-xil
ko‘rinishlari va janrlari yordamida o‘quvchilarning rang-tasvir, qalam tasvir
haqidagi bilimlari, haykaltaroshlikka doir ko‘nikma va malakalari, ijodiy
qobiliyatlari shakllantirilib boriladi. Rasm darslari tasviriy, amaliy, arxitektura
san‘ati, o‘zbek va chet el san‘at ustalarining ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi,
hamda asliga ko‘ra, xotira va tasavvurlari asosida
rasm chizish malakalarini
tarbiyalaydi. Darsdan tashqari suhbatlar, kechalar, ko‘rgazmalar tashkil etish,
muzey, rasmlar galereyasiga, san‘at yodgorliklari, rassom va me‘morlar,
haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy san‘at to‘garagiga qatnashish, tanlovlar
o‘tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida muhim vositadir. Estetik tarbiya
berishda ashula va musiqaning roli benihoya kattadir. Musiqa va ashula
o‘quvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini o‘stiradi,
Musiqadan nazariy ma‘lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi musiqa
asboblari,
musiqashunoslarning ijodi, oqimlar, janrlar bilan tanishadilar. Bolalar