Axloqiy tarbiyaning vazifasi
O'zbek maktabida o'quvchilarni axloqiy tarbiyalash, sadoqatga asoslangan eng
insonparvar, adolatli va oliyjanob, ahloqining ijobiy tomoni tobora to'laroq
nomoyon bo'ladi. Bizning axloqimiz umuminsoniy, ma'naviy boyliklarni ham,
kishilarning axloqiy me'yorlari va ular o'rtasida eksplutasiyaga qarshi, ozodlik
va ijtimoiy tenglik, baxt-saodat va tinchlik uchun ko'p asrlik kurash jarayonida
xalq ommasi yaratgan munosabatlarni ham o'z ichiga oladi.
-Jamoatchilik axloqi. Uning asossiy tamoyili. ―bir kishi hamma uchun,
hamma bir kishi uchun‖, degan g'oyadan iboratdir. U xudbinlik, o'zini va o'z
manfaatini ko'zlashni rad еtadi, umumxalq jamoa va shaxsiy manfaatlarni o'zida
uyg'unlashtiradi.
-Insonparvarlik axloqi. U mehnatkash insonni ulug'laydi. U kishilar o'rtasida
chinakam insoniy munosabatni o'rtoqlarcha hamkorlik va o'zaro yordam
munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotda hayrixohlik, xalollik, sofdillik va
kamtarlikni qaror toptiradi.
-Faol ta'sirchan axloq. U insonni yangi mehnat va ijodiy zafarlarga,
tadbirkorlikka, jamoa va butun mamlakat hayotida sidqidildan ishtirok etishga,
yangi turmush tarziga zid bo'lgan barcha narsalarga faol qarshi chiqishga, milliy
istiqlol mafkurasi uchun qat'iyat bilan kurashishga undaydi.
Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash
O'zi tug'ilib o'sgan zaminga mehr-muhabbat, jahonda birinchi davlatning
tarixiy
g'alabalaridan
faxrlanish
tuyg'ularini
baynalminallik-qardosh
mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib
borayotgan barcha kishilar bilan birdamlik tuyg'ulari o'yg'un namoyon bo'lishi
borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi.
Bizning davlatimiz har bir kishisiga barcha millatlar va elatlarni
birlashtiruvchi do'stlik va qardoshlik tuyg'usi, millatlararo yuksak aloqa
madaniyati singdirilishidan, millatchilik va shovinizm, milliy maxdudlik va
milliy xudbinlik ko'rinishlariga, turmushga, yangilanishga xalaqit berayotgan
urf-odatlar
va
fe'l-atvorlarga
nisbatan
murosasizlik
his-tuyg'ulari
singdirilishidan manfaatdordirlar.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni himoya qilishga, uning uchun butun
o'zining kuch g'ayratini, agar lozim bo'lsa, hayotini ham bag'ishlashga shaylik
tuyg'usini xosil qilish g'oyaviy tarbiyaviy ishning muhim vazifasi bo'lib
qolaveradi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi
asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1.
Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan ahloqiy
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish;
2.
Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning
axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash;
3.
O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal
qilishga safarbar qilish;
4.
Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini
voyaga еtkazish.
Har bir jamiyat o'zining axloqiy me'yorlar va talablar tizimiga ega bo'ladi.
Jamiyatimiz shaxsning ona vatanga sodiq bo'lish va uning dushmanlariga
nisbatan murosasizlik, tekinxo'rlikka sira toqat qilmaslik, mehnatsevarlik va
barcha mamlakatlarning mehnatkashlari bilan qardoshlarcha birdamlik singari
sifatlarini hamma narsadan yuqori qilib qo'yadi. O'quvchilarda vatanga
muhabbat xislari, xalqqa xizmat qilish, mustaqil g'alabalarni mustahkamlash,
himoya qilish, mehnatkashlarni baxt-saodati uchun kurash tuyg'usi o'stiriladi.
O'qitish o'quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog'lab olib
boriladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. U yana amaliy faoliyat
bilan bog'lab olib boriladi.
Shaxsning jamiyat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o'z xulqiga
munosabtalarini ko'rib chiqamiz:
- Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi
munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy еtukligi, baynalminallik
fazilatlarida aks еtadi. Uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko'paytirish,
mustaxkamlash va ximoya qilishga qaratilgan ishlarda namoyon bo'ladi.
Vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o'rin tutadi.
Diniy adabiyotlarda ―Vatanni sevmoq iymondandir‖,- deb bejiz aytilmagan.
Tarbiyachi va o'qituvchi bolalarda vatanga muhabbat, faxrlanish, xalq va
mamlakat yutuqlaridan quvonish, uning dushmanlariga nafrat tuyg'ularini
tarbiyalaydi. Vatan ravnaqi yo'lida xalol va fidokorona mehnat qilishga
tayyorlaydi. Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.
Baynalminallik axloq tamoyili sifatida vatanparvarlikni boyitadi, o'z milliy
qobig'iga o'ralib qolishga yo'l bermaydi. Barcha xalqlar bilan do'st bo'lib,
tinchlik va taraqqiyot uchun kurashadi.
Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik,
kamtarlik, xalollik oliyjanoblik, mehnatsevarlik xushyorlik, odoblilik,
insonparvarlik, jamoatchilik, qahramonlik, do'stga sadoqatlilik, saxovatlik,
intizomlik, diyonatlik, xudojo'y fazilatlarni shakllantiradi.
Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma'naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy
hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lishi munosabati bilan axloq
masalalariga yangicha yondashish boshlandi. Axloqiy tarbiyada ham
milliylikka e'tibor kuchaydi. O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy
qadriyatlari, o'tmish an'analaridan foydalanish, o'zbekona urf-odatlarning
ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.
Darhaqiqat, axloqiy tarbiyada milliy qadriyatlar va an'analar, din
pedagogikasi muhim o'rin tutadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, sovet davrida
ana shularga e'tibor berilmas edi. Xatto, ―din xalq uchun afyundir‖ shiori ostida
din va dindorlarga olib boriladi. Maktab dindan ajratildi. Hozir esa, ahvol
butunlay boshqacha. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ko'p fikrlik,
vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz ma'naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga
hayotbaxsh ta'sirini xalqimiz ko'rmoqda. Birgina misol - Muhammad
payg'ambarning so'zi Hadisda shunday deyiladi: ―kishilarning yaxshisi, xalqqa
foydalirog'idir‖. Yoki, ―Mo'minlarning afzali go'zal xulqli kishilardir‖. Bu
kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hyech qanday.
Islom dinining muqaddas kitobi – Qur'oni Karim va Hadis bashariyatga
yaxshilik yo'lini ko'rsatadi. Sharq pedagogikasi, xalq pedagogikasi ana shu
kitoblarga asoslangan. Axloqiy tarbiyada diniy adabiyotlardan o'rinli
foydalanish lozim.
Axloq va fuqaro еtukligi bu g'oyaviylikning, ijtimoiy faollikning negizidir.
Hozir mustaqil Respublikamiz fuqarolarini shakllantirish, ularni axloqiy va
huquqiy jihatdan tarbiyalash, huquq-tartibotni buzish hollariga murosasizligini
kuchaytirish, jamiyat va davlat manfaatlariga g'amxo'rligini oshirish,
Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini mustaxkamlash
borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Vatanimizning
har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan olg'a surilgan istiqlol va
taraqqiyot besh yo'lini amalga oshirish uchun kurashish darkor.
Dostları ilə paylaş: |