11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

2. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi
– o'quvchilar tanasidagi barcha 
a'zolarni tabiiy sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga 
shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir. 
Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda avvalo, 
chin yurakdan mustahkam sog'lik-salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo'lishning 
qadrini oila qadri bilan sharafli bir o'ringa qo'yib kelishgan. Respublikamizda bahodirlar, 
polvonlar va botirlarga boy vatanimiz ular bilan g'ururlangan. Bugun ham Respublikamizning 
barcha shahar va qishloqlarida jismoniy madaniyat va sport turlarini milliy asosda qayta tiklash 
jarayoni sodir bo'lmoqda. 
Sharq Aristoteli nomini olgan Abu Ali ibn Sino ham inson fazilatlaridan quyidagilarni 
sanab ko'rsatgan, chunonchi, jasurlik-biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, 
inson boshiga tushgan yomonlikni to'xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik-biror ishni bajarishda 
shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. 
Ziyraklik- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan tushunishga yordam 
beruvchi quvvat. 
She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o'zining «Farhod va Shirin» dostonida 
Farhodning ijobiy xislatlari ichida, uning jismoniy chiniqanligiga alohida e'tibor beradi va 
iftixor bilan uning jismoniy qobiliyatlarini maqtaydi. 
Dostonda yozilishicha Farhod aqliy tarbiya bilangina cheklanib qolmasdan jismoniy va 
harbiy mashqlar bilan ham shug'ullanib, chiniqa boshlaydi. Suvda suzish, chavondozlik, 
qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg'uloti bo'lib qoladi. 10 yoshida 20 yashar 
yigitning kuch-quvvati bo'ladi, u o'zining aql va jismoniy kuch-quvvati, mahorati bilan kishilarni 
hayratda qoldiradi. 
Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr yaxshi ahloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni 
tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. 
Chunki o'qimoq, o'qitmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdir. 
Sog' badanga ega bo'lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo'l qo'yurlar....Bunday 
tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila rux ikkisi bir choponning o'ng ili 


terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni 
ustini qo'yib, astarini yuvib ovora bo'lmak kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr 
tarbiyasi uchun mehnat va sog'lom vujud kerakdur». 
Sport tufayli o'z kuchi va mahoratini quvonch bilan his etish, tabiat bilan muloqotda bo'lish 
azaldan kishilar dilini xushnud etgan. Demak, yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki,
insonning aqliy, ahloqiy va jismoniy kamoloti kishilik tarixi taraqqiyotining barcha jabhalarida 
ulug'langan, qadrlangan. 
Jismoniy tarbiya kishilarga qulay ta'sir ko'rsatib, ularning salomatligini 
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko'rishga yordam beradi. 
Sport- har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni 
saqlab turishning ajoyib vositasidir. U dam olish bilan mehnatni almashtirib 
turishga yordam beradi, ijodiy his-tuyg'u manbai bo'lib xizmat qiladi. 
Qisqasi, jismoniy madaniyat va sport sog'lom, kuchli, chaqqon, topqir, to'siqlarni 
enga oladigan, ona Vatanni ko'z qorachig'iday e'zozlovchi vatanparvar, kelajakka 
ishonch bilan qaraydigan yoshlarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy omillardan biri 
hisoblanadi. 
Shu sababli kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar har
qanday jismoniy kamolot va to'qlikni avlodlarning kamolotini ta'minlovchi
zanjir deb hisoblab kelishgan. 
Demak, o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy barkamolligini ta'minlash faqat 
ota-ona, maktabning ishigina bo'lib qolmasdan, balki u davlat ahamiyatiga molik 
ish hamdir. 
Jismoniy tarbiyaga bo'lgan e'tibor, g'amxo'rlikning kun sayin oshib borishi bu 
fikrimizning yorqin dalilidir. 
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo'lgan kundan boshlab, yoshlar 
tarbiyasini, ularni yaroqli Vatan himoyachisi bo'lishiga va sportning barcha 
turlarini jadallashtirish maqsadida bir qator maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirdi. 
Bularga «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo'yicha qonun» 
(1992y), »Sog'lom avlod dasturi», «Futbolni yanada rivojlantirish bo'yicha
qaror» (1996y), «Kurash asotsiasiyasini tuzish» (1998y) va boshqa yo'l-
yo'riqlarni ko'rsatish o'rinlidir. Shuningdek, davlatimiz va hukumatimiz rahbarligida 
tennis bo'yicha O'zbekiston prezidenti kubogi, milliy kurash, u-shu, tayekvando, 
boks va boshqa turlari bo'yicha xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda. Shuningdek, 
o'zbek kurashini Olimpiya turiga aylantirish maqsadida jahon birinchiliklari 
o'tkazilmoqda va hokazo. 
Jismoniy tarbiya mazmuni besh xil tushunchalarda o'z ifodasini topadi. Ya'ni 
jismoniy kamolot, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy madaniyat, jismoniy-
sport ishlari, jismoniy ma'lumot. Jismoniy kamolot- o'sib kelayotgan yosh 
avlodning ichki organlarining o'zgarishi, o'sishidir. Birinchi navbatda yurak va o'pka, 
shuningdek, nerv va harakat tizimi, tana shaklining o'zgarishi, teri-muskul tizimi, 
og'irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy 
kamolot insondagi jismoniy ma'lumotning o'sishi borasidagi o'zgarishlar, 
ya'ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka 
tomon bo'lgan o'zgarishlar tushuniladi. 


O'quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik 
boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida kamolot 
diagnostikasi muhim o'rin tutadi. U jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, 
jismoniy tarbiya samaradorligi ko'rsatkichidir. Maxsus usul va jismoniy texnika
asosida o'quvchilarning sog'liqlarini, har bir alohida shaxs kamoloti saviyasini 
tadqiq etish, belgilangan me'yor va undan uzoqlanish ko'rsatkichlarini oldindan 
belgilash asosida tarbiya uchun doimiy ko'rsatkich aniqlanadi. Jismoniy 
еtuklik bu badanning tashqi ko'rinishidagi garmoniya, go'zallik shakli: jismoniy 
sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti-kuchi, tezligi, chidamliligi va abjirligi barcha 
tizimlarning mutanosibligi va ularning salomatligidir. Agar diagnostika 
o'quvchilarning yoki biron-bir o'quvchining jismoniy va medisina ko'rsatkichlari 
pasayib ketayotganligini ko'rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud 
tizimni o'zgartirish lozim.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin