11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim tizimi. Ta‘lim sohasida davlat



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

17-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim tizimi. Ta‘lim sohasida davlat 
siyosatining asosiy tamoyillari.
Reja: 
1. O‘zbekiston respublikasida xalq ta‘limi tizimi. 
2. Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi 
3. Ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. 
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar: 
Ta‘lim tizimi, boshqaruv prinsiplari, umumiy o‘rta maktab, kasb-hunar 
ta‘limining rivojlanishi, rahbarlik prinsiplari, ma‘naviy yangilanish, milliy ong, 
ishlab chiqarish.
ADABIYOTLAR:
1.
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1997 y, 29 avgust. 
2.
Toshmurodova Q.A. ―Ta‘lim-tarbiyani rejalashtirish xususiyatlari‖. 1993.
3.
Tursunov Y., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T. 1996.
 
Xalq ta‘limi tizimi deb, muayyan mamlakatning ichki va tashqi kamolotiga 
ta‘sir ko‘rsatuvchi hamda ma‘lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha 
ta‘lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. 
O‘zbekiston xalq ta‘limi tizimi Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy rivojlantirishning ustivor sohasi hisoblanadi. Shuningdek, u ta‘lim 
sohasidagi Davlat siyosatini, umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy 
tajribasini, madaniy va fan sohasidagi ko‘p asrlik an‘analarini, jamiyatning 
istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda ish yurgizadi. 
Xalq ta‘limi tizimi Respublikamizning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-
quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas‘uliyatini anglaydigan har 
jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. 
Muctaqil Respublikamiz Konstitutstiyasining 18 va 41-moddalarida
ta‘kidlaganidek, Respublikamizda yashovchi barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, 
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat‘iy 
nazar bilim olish huquqiga ega. Shuningdek, bepul umumiy ta‘lim olishi davlat 
tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning hamma turlari tekinligi, 
yoshlarga umumiy majburiy o‘rta ta‘lim berishning amalga oshirilishi, o‘qitishni 
hayot bilan, unumli mehnat bilan bog‘lab olib borish, o‘quvchilarga va talabalarga 
Davlat stipendiyalari va imtiyozlar berish, maktab darsliklarini tekin berish 
(qisman), maktabda davlat tilida o‘qitish imkoniyatlarini yaratib berish bilan 
kafolatlanadi. 
Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillarida, ya‘ni 1992 yil 2 iyulda 
Mustaqil O‘zbekistonning «Ta‘lim to‘g‘risida»gi birinchi qonuni qabul qilindi. 
Mazkur qonun avvalo, ta‘limda ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga 
xizmat qildi. Aniqrog‘i, eski tuzumdan yangisiga o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘tadi. 
Shu bilan birga ta‘lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi. Oliy va o‘rta maxsus 
bilim yurtlariga test tizimi joriy qilinishi, kasb-hunar bilim berishga e‘tiborni 
kuchaytirilishi kabilar shular jumlasidandir. 
Yangi davr talablariga javob beradigan, xalq ta‘limi tizimini tubdan isloh 
qilish zaruriyati paydo bo‘ldi va natijada 1997 yil 29 avgustda O‘zbekistonning 


yangi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ilgari qabul qilingan 
qonunlardan farqli o‘laroq, ta‘lim ijtimoiy taraqiyot sohasida ustivor deb e‘lon 
qilindi va xalq ta‘limi tizimi tuzilishining quyidagi yangi qoidalari joriy qilindi: 
Ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi 
Buning mohiyati shundaki, barcha xalq ta‘limi tizimi muassasalarda 
berilayotgan ta‘lim va tarbiya insonlarni moddiy va ma‘naviy kamolotini, aql-
zakovatini o‘sishi, insoniy faoliyatini rivojlanishi, o‘zligini bilish va xaq-huquqlari 
uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib etishishlarini maqsad qilib qo‘yadi. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin