Bu printsip o‘quvchilarning iste‘dodi, qobiliyatini hisobga olgan holda
tabaqalashtiradi (biror bir fanga chuqurlashtirilgan yoki ayrim nuqsonlarni bartaraf
etishga qaratilgan dastur). Olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlar yosh avlodni
ma‘naviy boy, ruxan tetik,
jismonan baquvvat, axloqan pok, tafakkuri keng va
mehnatsevar bo‘lib voyaga еtishi uchun barcha moddiy va ma‘naviy sharoit
hozirlaydi.
Bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish
Ta‘lim-tarbiya muassasalarida ta‘lim olayotgan bilimdon va iste‘dodli
o‘quvchilarni rag‘batlntirish ko‘zda tutilgan. Respublikamiz tajribasida bilimdon,
iste‘dodli o‘quvchilar uchun stipendiya, turli ko‘rinishdagi
maqtov yorliqlari,
moddiy yordam shakllari tashkil etilgan. O‘quvchilar turli tanlov, konkurslarga
qatnashadilar va bilimlarini namoyish qiladilar. G‘oliblar taqdirlanadi va xatto oliy
o‘quv yurtiga imtihonsiz kirish, biror kasb bo‘yicha guvoxnomalarga ega bo‘lish
huquqlariga egadirlar.
Ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish
Ta‘lim muassasasi mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, qonunlarda belgilangan
tartibda barpo etiladi. Ta‘lim muassasasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan
boshlab, yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritadi.
Ta‘lim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya, litsey, kollej, oliy o‘quv yurti,
akademiya va shu kabilar)
berilishi, ta‘limni boshqarishga tegishli idoralar
tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Ta‘lim muassasalari o‘zaro bitim
tuzishga, o‘quv tarbiya komplekslari va o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari
va uyushmalari tarkibiga kirishga xaqlidirlar.Bunday kompleks va birlashmalar
tarkibiga kiruvchi muassasalarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
nizomlarda belgilanadi.
Xalq ta‘limi tizimidagi ta‘lim-tarbiya muassasalariga tavsif
O‘zbekiston Respublikasida ta‘limning yagona tizimi (11-18 modda) amal qilib, u
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta‘lim;
2. Umumiy o‘rta ta‘lim;
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
4. Oliy ta‘lim;
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash;
7. Maktabdan tashqari ta‘lim;
8. Oiladagi ta‘lim va mustaqil ravishda ta‘lim olish;
Ta‘lim tizimida o‘quv rejalari va dasturlari, ta‘lim bosqichlari va
shakllarining izchilligi, ta‘limning standartlariga mos kelishi ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: