ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo‘jalik, ―Yosh
radio-
texniklar stansiyasi‖ va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird
an‘analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta‘limi va
boshqalar;
Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim
muassasalarida
o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o‘zlarining yosh va fiziologik
xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o‘z-o‘ziga
xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi
ozodaligini saqlash, o‘quv qurollarini ta‘mirlash, kitoblarni еlimlash, o‘quv
anjomlarini darsga tayyorlash va boshqalar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo‘ysunish, maqsadni
amalga oshirish yo‘lida shijoat, qat‘iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar
tarbiyalanib boradi.
Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni
uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan
mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik,
jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.
Shuningdek , ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy
yondashish,
jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning
shakllanishiga poydevor qo‘yiladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil
qilib borish muhim talablardan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: