16-mavzu: O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya.
REJA:
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati.
2. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda mehnat tarbiyasining
ahamiyati.
3. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni.
Tayancha so‘z va iboralar:
mehnat, mehnat ko‘nikmalari, mehnat
intizomi, kasga yo‘llash, iqtisodiy tarbiya, oila byudjeti, moddiy boylik.
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati.
Har tomonlama
е
tuk, barkamol avlodni
voyaga еtkazishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir.
Insonning kundalik
turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun
moddiy va ma‘naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizidir. Mehnat
tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir.
Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida
ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o‘z aqlini,
irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash- butun insoniyatni tarbiyalash
demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish
ruhida tarbiyalash barcha ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi
bo‘lib qolmoqda.
Pedagogika fanida yosh avlodni yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi
juda katta rol o‘ynashini rus pedagogi K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi:
―Tarbiyaning o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt
uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim‖.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab
olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini
yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitib boradi.
Jumladan, mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e‘tibor berish, mehnat
o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi , o‘z
vaqtida turli kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi, mehnat ahli bilan
doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat
tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh
g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmas va malakalarni hosil
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi.
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar, ijtimoiy
taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil etiladigan
mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning
vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilishi jarayonini o‘z ichiga
oladi.
Ijtimoiy jamiyatning umumiy va iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bosqichda
bunyod etuvchi, yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi shaxsga nisbatan eng
muhim ijtimoiy burch sifatida yondashish; har qanday mehnat faoliyatiga
nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash;
mehnatni tashkil etishga jamoa usulida yondashish; doimiy ravishda
tashabbuslar bilan chiqish; mehnatni faol, ijtimoiy tashkil etish; aqliy va
jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojiga
aylanishi; mehnatni ilmiy tashkil etish; mehnatga nisbatan asosiy hayotiy
zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi:
Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash;
Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash;
Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish;
Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish;
Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash;
O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash
va shu kabilar.
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur
asosida tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur
asosida amalgam oshiriladi. Mehnat ta‘limi dasturi na‘munaviy xususiyatga
ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilari mehnat faoliyatini baholash
bo‘yicha ta‘lim va tarbiya natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks
etadi.
Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega
bo‘lish maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki
eng muhim insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda
reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash
yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda
reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash
hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan
foydalanish hisoblanadi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tshkiliy shakllarini
o‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda, mahalliy
shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Mehnat tarbiyasini yo‘lga
qo‘yishda shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat
insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnat ta‘limi va
tarbiyasini yuqori o‘ringa qo‘yishi lozim. Oqibatda shaxs qo‘lga kiritgan
mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z qadr-qimmatini anglash hamda o‘z
mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.
Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta‘minlashga olib keladi.
Bugungi kunda mehnat tarbiyasining tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda, u
o‘zida texnika va texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy
vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi.
Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham,
jamiyat uchun ham foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |