11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

 
g‘ururlanish, faxrlanish
va iftixor hislarini oshirish;
 
5)
Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik,o‘z manfaatlarini 
yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni
tarbiyalab voyaga еtkazish; 
6)
Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e‘zozlovchi, ardoqlovchi, uni 
himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik 
e‘tiborini jalb etish. 
2. O‘quvchilar fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning davlat 
Konstitusiyasida 
ko‘rsatilgan 
huquqlaridan 
foydalanish 
hamda 
burchlarini bajarilishi xususida ma‘lumotlar berish, ularda ijtimoiy 
faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarini bajarish 
bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Respublika bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi: 
yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs
ishining sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilishi, har kim o‘z 
sha‘ni va obro‘siga qilinadigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga
aralashishdan himoyalanish va turar joy dahlsizligi, Respublika hududida 
bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelishi
va undan chiqib ketish, fikrlash, so‘z va e‘tiqod erkinligi, vijdon 
erkinligi, davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari
orqali ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda 
ishtirok etish, kasaba uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat 
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va 
saylanish, mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, 
qariganda yoki mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan 
mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta‘minot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish,
bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, o‘quvchilarga huquqlari 
borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning burchlari nimalardan 
iborat ekanligi haqida ma‘lumot berish, bu borada o‘quvchilarda nazariy
va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda
muvaffaqiyat omili bo‘ladi. Fuqarolarni burchlari quyidagilardan iboratdir: 
- fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga rioya etishga boshqa kishilarning 
huquqlari, 
erkinliklari, sha‘ni, qadr-qimmatini xurmat qilishga 
majburdir. 
- fuqaro O‘zbekiston xalqining tarixiy ma‘naviy va madaniy merosini 
avaylab asrashga majburdir; 


- fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga 
majburdirlar; 
- fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘inlarni 
to‘lashga majburdirlar; 
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi 
har bir fuqarosining burchidir.

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin