xatolardan eng buyugi, bizningcha, zotga e‘tibor bermaslik bo‘lib, biz ta‘lim
oluvchining qobiliyatiga, uning zotiga e‘tibor berib o‘tirmay, agar еtarli bilimni
bersak kutilgan shaxs shakllanaveradi, deb o‘ylashimiz kerak edi.
Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat
tomonidan ming yillar davomida yaratilgan va to‘plangan bilimlardan hech
bo‘lmaganda boshlang‘ich ma‘lumotlarga ega bo‘lmay turib, chinakam ilmiy
dunyoqarash to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi
bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada
bo‘ladi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og‘zaki
ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta:
Masalan: "Hadis"larda, "Kalila va Dimna", "Qobusnoma", "Ming bir kecha"
va boshqalarda hissiy va mantiqiy bilishga tegishli matallar, ertaklar, hikoyalar,
baytlar ko‘p bo‘lib, yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim o‘rin
tutadi.
Dunyoqarash insonda ma‘lum mas‘uliyat hissi bo‘lishini ham talab qiladi.
Masalan, qo‘zini еb qo‘ygani uchun bo‘rini qora kursiga o‘tkazib, sud qilib
o‘tirilmaydi, to‘g‘ridan to‘g‘ri otib tashlanaveradi, chunki uning ongi yo‘qligi
tufayli mas‘uliyati ham yo‘q, u qilishi mumkin bo‘lgan ishni qilgan. N‘yurinberg
jarayonida jahon jamoatchiligi gitlerchi fashistlarni sud qilganlarida tamomila
haqli edi. Chunki, ular mas‘uliyatni o‘ylamay insoniyat boshiga katta kulfat
soldilar.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va buyumlarning, voqea
va hodisalarning ko‘rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning
ichki mohiyatiga, mazmuniga qarab baho berish kerak.
Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, uch kishi yoki
bir necha guruh tomonidan bo‘lmay, balki ko‘pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan
bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko‘p mehnat, malaka talab qiladigan
murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.
Dostları ilə paylaş: