11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


-mavzu: O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

 
16-mavzu: O‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya. 
REJA: 
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati. 
2. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda mehnat tarbiyasining 
ahamiyati. 
3. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni. 
 
Tayancha so‘z va iboralar: 
mehnat, mehnat ko‘nikmalari, mehnat 
intizomi, kasga yo‘llash, iqtisodiy tarbiya, oila byudjeti, moddiy boylik.
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati. 
Har tomonlama
е
tuk, barkamol avlodni 
voyaga еtkazishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir.
Insonning kundalik 
turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat butun 
moddiy va ma‘naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizidir. Mehnat 
tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. 
Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida 
ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o‘z aqlini, 
irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin. 
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash- butun insoniyatni tarbiyalash 
demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish 
ruhida tarbiyalash barcha ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi 
bo‘lib qolmoqda. 
Pedagogika fanida yosh avlodni yosh avlodni shakllantirishda mehnat tarbiyasi 
juda katta rol o‘ynashini rus pedagogi K.D.Ushinskiy bunday deb yozgan edi: 
―Tarbiyaning o‘zi, agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, uni baxt 
uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim‖.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab 
olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini 
yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitib boradi.
Jumladan, mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e‘tibor berish, mehnat 
o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi , o‘z 
vaqtida turli kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi, mehnat ahli bilan 
doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Umuman olganda, mehnat 
tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh 
g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmas va malakalarni hosil 
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. 
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar, ijtimoiy 
taraqqiyot asosida, mehnat faoliyati natijasidir. Jamiyatda tashkil etiladigan 
mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning 
vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilishi jarayonini o‘z ichiga 
oladi. 
Ijtimoiy jamiyatning umumiy va iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy bosqichda 
bunyod etuvchi, yaratuvchi hamda ishlab chiqaruvchi shaxsga nisbatan eng 


muhim ijtimoiy burch sifatida yondashish; har qanday mehnat faoliyatiga 
nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish; mehnat va uning mahsulini qadrlash; 
mehnatni tashkil etishga jamoa usulida yondashish; doimiy ravishda 
tashabbuslar bilan chiqish; mehnatni faol, ijtimoiy tashkil etish; aqliy va 
jismoniy quvvatga tayangan holda mehnat qilish ishtiyoqining ichki ehtiyojiga 
aylanishi; mehnatni ilmiy tashkil etish; mehnatga nisbatan asosiy hayotiy 
zarurat sifatida munosabatda bo‘lish.
Mehnatga, mehnat qilishga ruhiy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal etadi: 

Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash; 

Mehnatning maqsad va vazifalarini anglash; 

Mehnat faoliyatini tashkil etish rag‘batini qaror toptirish; 

Mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlikni qaror toptirish; 

Mehnatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 

Mehnatning kishilik taraqqiyoti bosqichlaridagi roli va o‘rnini anglash; 

O‘tmish ajdodlarimizning mehnatini ulug‘lovchi qadriyatlarini anglash 
va shu kabilar. 
Ta‘lim muassasalarida mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur 
asosida tashkil etiladi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur 
asosida amalgam oshiriladi. Mehnat ta‘limi dasturi na‘munaviy xususiyatga 
ega. Unda maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilari mehnat faoliyatini baholash 
bo‘yicha ta‘lim va tarbiya natijasiga nisbatan davlatning minimum talablari aks 
etadi. 
Mehnat tarbiyasi jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lish maqsadning o‘zi va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki 
eng muhim insoniy layoqat- mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita 
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda 
reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash 
yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish 
hisoblanadi. Shu bois bugungi kunning talabi mehnat ta‘limini tashkil etishda 
reproduktiv metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash 
hamda yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan 
foydalanish hisoblanadi. Mehnat ta‘limi va tarbiyasini tshkiliy shakllarini 
o‘qituvchilar o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda, mahalliy 
shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Mehnat tarbiyasini yo‘lga 
qo‘yishda shunday shakl va metodlardan foydalanish lozimki, natijada mehnat 
insonning eng sevimli mashg‘ulotiga aylansin, shaxs mehnat ta‘limi va 
tarbiyasini yuqori o‘ringa qo‘yishi lozim. Oqibatda shaxs qo‘lga kiritgan 
mehnat muvaffaqiyatidan quvonish, o‘z qadr-qimmatini anglash hamda o‘z 
mehnatidan g‘ururlanish tuyg‘usi qaror topsin.
Mehnat tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashish o‘quvchilar tomonidan 
egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishlarini ta‘minlashga olib keladi. 
Bugungi kunda mehnat tarbiyasining tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarmoqda, u 
o‘zida texnika va texnologiyalarni tushunish (tasavvur qilish), amaliy 
vazifalarni hal etish ko‘nikmasi hamda holatlarini ifoda etadi. 


Mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari 
tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbirlar shaxs uchun ham, 
jamiyat uchun ham foydali bo‘lib, shaxsni yo‘naltiruvchi xususiyatga egadir. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin