2. O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan
foydalanish.
Davlat ramzlari muayyan millat, elat etnopsixologik
hususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini,
hududiy, siyosiy, ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi
tasviriy belgilar majburiydir.
Muayyan Davlatning bayrog‘i, Gerb (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat
ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmunni ifoda
еtadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerbda) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu
xalq, millat o‘tmishi, qadim an‘analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari,
maqsadi, g‘oyalarini ifodalashga xizmat etadi. Davlat madhiyasi esa xalq,
millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi, g‘oyalarini tarannum
еtiladi.
Davlat ramzlari davlat mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilardan sanaladi.
Ramzlar bu shartli belgilar bo‘lib ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u
yoki bu hodisa, olam, mavjudot,odamlar tasvirini, ularning qarashlarini
ifodalagan.
Respublikamizda davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi mustaqillikni aks
ettiruvchi ramzlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990
yil 30 martda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi
qaror qabul qilindi va bu borada ishlar boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Oliy Majlisining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI-
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilindi. Ta‘lim
muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga
davlat ramzlari ularning mohiyati orasidagi ma‘lumotlarni berish, ularning
ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha‘ni, qadr-qimmati
timsoli ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish orqali
o‘quvchilarda ularga
nisbatan hurmat tuyg‘usini qaror toptirishi kabi vazifalarni ijobiy hal etish
maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
Madhiyasining quyidagi matni o‘quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi,
balki madhiyada ifoda etilgan fikrlar mazmunini chuqur tahlil eta olish
layoqatining namoyon etilishi borasida shart-sharoitlarni yaratib berish ta‘lim
muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Davlat madhiyasi kabi uning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) ham jahon
miqyosida mavjud bo‘lgan muayyan davlatning o‘z xalqi, millati nomidan
faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i to‘rt xil rangda bo‘lib,
ko‘k, oq, qizil yashil ranglardir. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan.
Respublika bayrog‘ida yurt tarixi, o‘zbek xalqining milliy ruhi va yurt
tabiati jamoli aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqori qismidan yarim
oy va 12 yulduz tasviri tushurilgan. Ko‘k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy
osmon belgisidir. O‘rtadagi oq rang esa yorug‘ kun va pokiza, oq ko‘ngilli
xalqimizning tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda urayotgan qon kabi
tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy
(yangi oy) tasvirining berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz
uchun o‘ziga xos yangi davr ekanligi ifodasidir. Yulduzlar sonining 12
taligi yil oylariga muchal hisobiga isbotdir.
Milliy bayrog‘imizning huquqiy maqomi, "O‘zbekiston Respublikasining
davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi ma‘lumotlarni o‘quvchilarga etkazish sinf
soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida amalga
oshiriladi.
Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo‘lmay, u Respublikamiz
nomini xalqaro maydonda ramziy ifoda etish uchun ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika
bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Davlat ramzlarining yana biri - bu davlat gerbidir.O‘zbekiston
Respublikasi davlat gerbining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
gerbi to‘g‘risida"gi qonun g‘oyalari hamda xalqimizning ming yillik boy
tajribasiga asosan amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbida tog‘lar, daryolar, bug‘doy
boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g‘o‘za shoxlarining (o‘ng omonda)
gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o‘rtasida serquyosh yurt
ramzi bo‘lgan quyosh o‘zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning
yuqorigi qismida Respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak
tasvirlangan bo‘lib, uning ichida yarim oy (yangi oy-yangi tuzum) va yulduzlar
(adabiyot timsoli) joylashtirilgandir. Gerbning markazida baxt va erksevarlik
ramzi bo‘lgan kumush rangli Humo qushi qanotlarini yozib turgan holda
tasvirlangan. Humo qushi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya
qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida keng t alqin
etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog‘i ranglaridagi
chambar lenta o‘zagida " O‘zbekiston" so‘zi yozilgan. Gerbda ifoda еtilgan
sakkiz qirrali burchak mujassamdir. Ushbu belgi ijtimoiy hayotning
barcha jihatlarini ma‘lum bir g‘oya, kuch birlashtiradi degan ma‘noni
anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug‘doy boshoqlarining tasviri rizqu -
ro‘zimiz nishonasidir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo‘riqlanadi.
Davlat Gerbidan foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi
idoralariga berilgan bo‘lib, ularga O‘zbekiston Prezidenti Devoni,
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi,
davlat
hokimiyati
va
boshqaruvining mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, barcha
toifadagi sudlar, prokratura, diplomatik va konsullik vakolatxonalari kiradi.
Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhirlar, hujjatlarning blankalari
ulardan foydalanish va saqlash, yo‘qotish tartibi Respublika Vazirlar
Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga solingan.
Davlat gerbi, shuningdek, fuqarolik pasportida, korxona, tashkilot
muassasalarining ish qog‘ozlar muhrlarida, Respublikada shaxs sifatida
o‘z sha‘ni or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatiga davlat
ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash, muhofaza qilish uchun
o‘zida mas‘ullik tuyg‘usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini
yo‘lga qo‘yish jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda ahloqsiz
ravishda foydalanayotgan kimsalarga nisbatan murosasiz bo‘lish
lozimligining uqtirib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "O‘zbekistonning
o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" nomli asarida shunday yozadi:
"O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga
asoslanadi". Bu negizlar:
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va
rivojlantirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik.
Fuqaro tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq ular mazmunini
o‘rganish orqali, milliy o‘zlikni anglashni qaror toptirish ishi sanaladi.
Shaxs ham, jamiyat ham o‘tmishni o‘rganish, uning ha r bir bosqichini
tahlil qilish asosida kelgusi hayot rejasini ishlab chiqadi. «O‘tmishsiz kelajak
bo‘lmaydi» - mazkur shior erkin, mustaqil ravishda taraqqiyot yo‘lidan
borayotgan Respublika hayotining bosh shioriga aylanishi lozim. O‘tmish
mutafakkirlarining qarashlari, boy ma‘naviy meros g‘oyalari bugungi avlod
uchun dasturi amal bo‘lishi lozim.
Allomalar xalq qahramonlari hayotini o‘rganish, millat va shaxsga inson
sifatida kim ekanligini anglab etishga yordam beradi.
Milliy
qadriyatlar
g‘oyalarini o‘rganish, asrlar davomida
ardoqlanib kelgan an‘ana, urf-odat, marosimlar nima uchun millatni bu
qadar jipslashtirib qo‘yganligi siridan voqif etadi. Fuqarolik tarbiyasi negizida
xalq o‘tmishi, tarixini o‘rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga
yo‘naltirilgan faoliyatga o‘quvchilarni jalb etish pedagogika fani, tarbiyada
ko‘zlangan maqsadga eltuvchi yo‘l sanaladi.
O‘quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash ularda fuqarolik tuyg‘usini
qaror toptirish, fidoiy fuqaro sifatida shakllantirish bilan ta‘minlanadi.
O‘quvchilarda fuqarolik hissi va e‘tiqodini tarbiyalamay turib, ularda ahloqiy,
xulqiy odatlarni, malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi.
Fuqarolik
tuyg‘usini
qaror
toptirish
murakkab
jarayon.
Bunda dastlab bolalarga fuqarolik mohiyati va qoidalari mazmuniga oid
bilimlar beriladi. Avvalo o‘quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida
tushuncha beriladi, bu xildagi xulqda, xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi,
so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida fuqarolik tushunchalari vujudga
keladi va fuqarolik xulqiy odatlar hosil qilinadi.
O‘quvchiga fuqarolik tushunchalari badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot
yangiliklari, kino fil‘m, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish,
targ‘ib еtib borishi orqali singdiriladi. Fuqarolik tuyg‘usini bolalarda
maktabgacha tarbiya yoshidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
"Respublika bayrog‘ida nimalar aks ettirilgan?", "Respublika gerbidagi Humo
qushi nimaning ramzi?", "men davlat madhiyasini bilamanmi?" kabi mavzularda
suhbatlashishi g‘oyat muhimdir.
O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq - atvori mazmunini tahlil etish
imkonini berish lozim. Ya‘ni, "Bugun xalq farovonligi vatan taraqqiyoti
uchun nima qila oldim?", zimmamdagi burchni qanday ado etdim?"
tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilarga o‘qish, a‘lo baholarga o‘zlashtirish, o‘z tafakkuri va
dunyoqarashini shakllantirish bolada fuqarolik burchini ado etish imkonini
ekanligini tushuntirib borish zarur. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik,
qat‘iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar fuqarolik tarbiyasini olib borish
jarayonida yuzaga keladi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma‘lum shart sharoitlar
taqozo еtiladi. Bular;
1) maktabdagi ta‘lim - tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak;
2) fuqarolik tarbiyasi jarayonining muvaffaqiyati o‘quvchilar va
o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq;
3) tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;
4) oila maktab va mahallalarda o‘zaro hamkorlik va
hamjihatlilikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasi muvaffaqiyatini
ta‘minlaydi;
5) o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me‘yorlar, umumiy
tartibga rioya qilishga o‘rgatish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma‘ruza,
baxslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javob olish kabilar
yuksak natijaga olib keladi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish
muhim
ahamiyatga ega. Bunda bolaning tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi.
Ushbu maqsadga diagnostika (tashxis qo‘yish), statistik, qiyosiy tahlilini
o‘tkazish lozim.
Ijtimoiy – fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol
topgan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:
- fuqarolik
burchini bajara olishi (o‘z vatani, xalqi, ota-
onasi oldidagi qarzni xis eta olishi) qobiliyatiga egalik;
- milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish;
-davlat Konstitusiyasi,davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti
hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya) ga nisbatan hurmatda
bo‘lish;
-
mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik,
mas‘ullik;
-
ijtimoiy-huquqiy hamda ahloqiy me‘yorlarga nisbatan hurmat va itoatda
bo‘lish;
-
mamlakat milliy boyliklari;
- milliy davlat - tili, madaniyati va an‘analariga
nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash;
-
ijtimoiy faollik;
-
demokratik tamoyillarga amal qilish;
- tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va ma‘suliyatli munosabatda
bo‘lishi; fuqarolarni huquq va burchlarini hurmat qilish
-
huquqiy ong
va
fuqarolik
madaniyatga
ega
bo‘lish;
-to‘g‘riso‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lish;
- o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas‘uliyatli bo‘lish;
- baynalminallik,
o‘zga
mamlakatlar,
xalqlarga
nisbatan
hurmatda bo‘lish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |