11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Mehnat madaniyati
- bajarilayotgan 
ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta 
rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat 
qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning 
samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. Mehnat 
madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil harakat olib borishini, 
mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi. 
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quvchilarni 
ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasida yangiliklardan boxabar etish, 
ularga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va 
iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. 
 
2. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish usullari.
O'quvchilarni 
kasbga yo'naltirish umumta'lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma'lumki, 
agar kasb to'g'ri tanlangan bo'lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilxom 
manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. 
Jamiyatning intellektual, ma'naviy imkoniyatlari rivojlangan hozirgi 
sharoitda mamlakatimizning barcha bo'lg'usi mutaxassislarini tayyorlab beruvchi 
maktab oldida muhim vazifalar turadi. 
Jahon pedagogik hamjamiyati ishlab chiqarish va o'quvchilarni kasbga 
yo'naltirishni o'rta umumta'limni yangilashning muhim omili sifatida tan oldi. 
Ta'lim masalalari bo'yicha YUNESKO xalqaro konferensiyasining tavsiyalarida 
ishlab chiqarish mehnati xalq xo'jaligining asosiy sohalarida qo'llanadigan asosiy 


ilmiy qoidalarini tushunishga yordam berishi, o'quvchilarning jismoniy va aqliy 
qobiliyatlarini hamoxang kamol toptirishga xizmat qilishi, ish sharoitida qurilma 
(stanok) va boshqa jihozlar bilan ishlab bilimlari, ko'nikmalari, metodlarini 
egallashlariga yordam berishi ta'kidlab o'tilgan. 
Yoshlarni kasbga yo'naltirishda o'quvchilarning alohida qobiliyatlari va 
mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga 
olish lozim. 
Kasbga yo'naltirish-har bir shaxsning alohida hususiyatlarini mamlakat xalq 
xo'jaligining iqtisodiy manfatlaridan kelib chiqib, mehnat bozorini to'laqonli
ta'minlash zaruratini hisobga olib erkin va mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga 
asoslangan tizimidir. 
Kasbga yo'naltirish tizimi-individga kasbni va uning shaxsiy sifatlarini 
o'rganishda yordam beruvchi maqsadlar, mohiyat va qoidalar, uslublar va vositalar 
birligidir. 
Kasbga yo'naltirish barcha o'quv tarbiya ishlari bilan ko'nikib olib boriladi. 
Ongli kasb tanlash еtarli darajadagi umumiy tayyorgarlikka ega bo'lgan 
taqdirdagina mumkin bo'ladi. 
O'quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo'naltirishdan avval uning shaxsini 
o'rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish (bevosita, bilvosita) o'quvchining 
maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarning tahlil
qilish, so'rovnoma o'tkazish, suhbat, test, interv'yu olish mumkin. 
Kasbga yo'naltirishda turli kasblar, ularga qo'yiladigan talablar, bu kasbni 
qayerda egallashlari mumkinligi to'g'risida o'quvchilarga ma'lumot berish katta 
ahamiyatga ega. Bu esa o'quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda 
bo'lishga tayyorlaydi.O'quvchilar kasblar to'g'risidagi ma'lumotlarni-bilimlarni
faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, 
qarindoshlaridan ham oladilar. 
Yoshlar o'z oldilarida haqiqiy, keng hayot yo'li ochilishi uchun ko'p kuch-
g'ayrat sarflashlari kerak va eng asosiysi-o'z ko'ngillariga yoqqan, jamiyatga 
zarur va foydali ishni tanlashlari lozim. 
Shu boisdan ham o'rta maktabni bitirayotgan yigit va qizlarning ko'pchiligi 
qanday kasb egasi bo'lish to'g'risida ko'p o'ylaydilar. Mamlakatimizda turli 
kasblarni egallash uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayniqsa, ishchi kasblarni 
o'rganishning juda keng imkoniyatlari mavjud, jumladan, Respublikamizda ishchi 
kadrlar tayyorlashga jiddiy e'tibor berilmoqda, kasb-hunar kollejlarida yoshlar 
turli kasblarga o'rgatilmoqda. 
Yoshlarga maktabdayoq, mazkur rejaning xalq xo'jaligini rivojlantirish 
uchun eng kerakli bo'lgan aniq ixtisos bo'yicha kasbiy tayorgarlik berish lozim. 
Kasb tanlash-jiddiy va ma'suliyatli ishdir. O'z hayot yo'lini jiddiy suratda 
belgilab olish-oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus tayyorgarlik 
ko'rish talab etiladi. 
O'quvchilarning bunday tayyorgarlik ko'rishlarini ta'minlash, 
o'quvchilarning o'z hayot yo'llarini jamiyat manfaatlari bilan shaxsiy 
manfaatlarini birga qo'yish asosida to'g'ri belgilab olishlariga, o'zlarining 


haqiqiy iste'dodlarini aniqlab olishlariga va adashmasdan kasb tanlashlariga 
yordam berish- umumiy ta'lim maktablarining muhim vazifasidir. 
O'quvchilarning diqqatini kasb tanlash masalasiga jalb qilish, bu masalaning 
ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini o'quvchilarga tushuntirish, o'quvchilarni o'z 
hayotiy yo'llarini tanlash to'g'risida jiddiy va ongli ravishda o'ylashga, ularning bu 
yo'ldagi mustaqil harakatlarini rag'batlantirish, ularda kasbni to'g'ri tanlashning 
shartlari hayotida dastlabki zaruriy tasavvur hosil qilish, ularni kasb tanlashda 
uchraydigan xatolardan ogohlantirish va bu xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun yo'l-
yo'riqlar ko'rsatish lozim. 
Shundan keyin, o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi va qiziqishini 
aniqlash va hisobga olgan holda bu yo'lda olib boriladigan ishlarni belgilab olish 
kerak. 
Kasblarni egallash yo'llari bilan atroflicha tanishtirish juda muhim. 
Maktab tizimida to'garaklar muhim o'rin tutadi, fan to'garaklari, 
elektrotexnika, radiotexnika, avtomobil', traktor, pillachilik, o'simlikshunoslik 
to'garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan, kasb tanlashga amaliy 
tayyorlanadi. 
O'quvchilarni kasbga yo'naltirish ularning maktabdagi ko'zda tutilgan 
unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, 
o'quvchilarning qishloq xo'jalik ishlari bilan shug'ullanishlari, ko'rgazmali qurollar 
yasash, shanbaliklar, obodonlashtirish ishlarida mehnat madaniyatini 
egallaydilar, ma'lum kasbga yo'nalishlar hosil bo'ladi. 
O'quvchilarni 
kasb 
tanlashga 
tayyorlashda 
xalq 
pedagogikasida 
ko'rsatilganidek, o'quvchilarning uy mehnatidan foydalanish kerak. Ular uy 
hayvonlarini parvarish qilish, sabzavot ekinlarini o'stirish, taom tayyorlash, 
texnika asboblarini tuzatish kabi ishlar o'quvchilarning kasb to'g'risidagi 
tushunchalarini kengaytiradi. 
Kasbga yo'naltirish ishida maktab jamoasining barcha a'zolari ishtirok 
etadi. 
Kasbga 
yo'naltirishning 
hamma 
yo'nalishlari: 
kasbi, 
ma'lumoti, 
o'quvchilarning intilish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy konsul'tasiya, 
kasbga moslashishi bir-biri bilan bog'liqdir. 
O'quvchilarni kasbga yo'naltirish maqsadida maktab kasbga yo'naltirish 
kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi-pedagogik jamoaga va otaliq 
korxonalarga o'quvchilarning kasbga yo'naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun 
birlashtirish va yo'llashdan iborat. 
Maktab kasbga yo'naltirish kengashi har bir o'quv yili uchun maktab 
direktori buyrug'i bilan tasdiqlanadi. 
Kengash tarkibiga direktor, mehnat ta'limi o'qituvchilari, vrach,
kutubxonachi, bazaviy korxona vakili, jamoatchilik vakili kiritiladi. 
Kengash ishiga quyidagi pedagogik talablar qo'yiladi: 
- Kasbga yo'naltirish ishlarini rivojlantiradi, turli kasb egalari, ilg'orlar bilan 
uchrashuvlar o'tkazadi. 
- Maktabda kasbga yo'naltirish o'quv metodlari kabineti tashkil etadi, uni 
jihozlaydi, rejasini tasdiqlaydi. 
- Ota-onalar bilan aloqa o'rnatadi. 


-O'quvchilar uchun kasbga yo'naltirish bo'yicha konsul'tasiyalar 
uyushtiradi. 
Kasbga yo'naltirishga oid ma'ruza va suhbatlarda; kasb mazmuni, ixtisoslar 
ahamiyati, istiqboli, ishning tashkiliy shakllari va metodlari, mehnat qurollari, 
imkoniyatlar, moddiy ahvoli, o'rganish yo'llari haqida fikr yuritish lozim. 
O'quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalariga jalb etish va ularga 
kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga yo'naltirish 
kabineti, burchak tashkil etadi. Unda quyidagilar bo'lishi lozim: adabiyotlar 
ro'yxati, spravochniklar, kasb obyektlari, fotosuratlar, rasmlar, plakatlar, sxemalar, 
shu maktabni bitirgan va hozirgi kunda xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida faol
ishlayotgan o'quvchilar haqida ma'lumot. 
O'quvchilarni kasblar bilan tanishtirish uchun kasb va uning vakillari haqida 
ma'lumot beradigan adabiyotlarni, fan, texnika, san'at ishlab chiqarish kishilari 
haqida hikoya va ocherklardan foydalanish kerak. 
O'quvchilarni kasblar bilan tanishtirish maqsadida ular uchun turli kasb va 
ixtisos vakillari bilan uchrashuv va suhbatlar o'tkazish lozim. 
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda ota-onalar ham manfaatdordirlar. 
Shuning uchun ham o'quvchilarning ota-onalari bilan aloqa o'rnatish zarur. 
Ota-onalarga 
o'quvchilarni 
kasbga 
yo'naltirishda 
maslahat 
berish,
konsul'tasiyalar uyushtirish kerak. 
Ota-onalar ham maktabga yordam berishlari, maktabda o'z kasblari bo'yicha 
suhbat, ma'ruza, konsul'tasiya, uchrashuvlar uyushtirishlari mumkin. 
Maktabda "Kim bo'lsam ekan?" klubini tashkil etish ma'qul bo'ladi. 
Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan 
bo'yicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika, fizika, 
kimyo, biologiya o'quvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga e'tibor 
berishni o'rgatadilar. 
O'zbekiston davlatining moddiy va ma'naviy o'sish iqtisodiy qonuniyati bilan 
o'quvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar. 
Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga 
ko'tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o'rganadilar. 
Kimyo, biologiya darslarida o'qituvchilar yoshlarga mineral o'g'itning 
iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko'rsatishadi. 
Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi. 
Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday 
savollarga bolalar o'qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari 
mashg'ulotlarda javob topadilar. 
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. 
Bu darslar nechog'lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o'quvchilar shunchalik 
iqtisodiy bilim va malaka oladilar. 
Bunday bilimlar o'quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda 
o'qishlari mumkinligini mo'ljallashlariga imkon beradi. O'quvchilarga iqtisodiy 
tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga erishish zarur. Iqtisodiy tarbiya 
uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, sanoat
shaxobchalariga sayohat o'tkazish, solishtirish,hisob-kitob qilish g'oyatda


ta'sirchan uslublar hisoblanadi. O'quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr
yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg'ulotlardan unumli 
foydalanish mumkin. O'quvchilarni nechog'lik iqtisodiy tarbiya topganliklari 
o'qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak. 
Tejamkorlik, ijodkorlik, ma'suliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, 
hisob-kitob mohirligi o'quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq 
olayotganliklarini ko'rsatuvchi muhim belgilardir. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin