3. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni
. Bolalarga maktab va oila
sharoitida
iqtisodiy
tarbiya
berish
muammosi ko‘pdan buyon
pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash
ayniqsa muhimdir.
Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega
bo‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni
shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan
muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy
matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida
ta‘kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi
kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali ani qlay
olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar
kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni
e‘tirof etadi. Bu o‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi.
Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o‘rnatish uchun odamlar,
davlatlar,jamiyatlar integrasiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytd a bu
fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini Ovro‘pa amaliyoti misolida ko‘rib
turibmiz. Iqtisodiy integrasiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Al-Farobiy
"Baxt-saodatga erishuv haqida" asarida shunday yozadi: inson o‘z
mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish
xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka
еtaklaydi".
Ko‘rinib turibdiki, o‘tmish mutafakkirlari maktab va oila
sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka,
ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida
amalga oshirish lozimligiga e‘tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish
oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug‘doy, gurunch, mevalarni saqlash
yo‘llarini bilishi kerak. Ehtiyojni yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan
munosabatda bo‘lishi lozim. Ota-ona uvol qilish gunohligini farzandiga
yoshligidanoq nasihat yo‘li bilan o‘rgatadi.
Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o‘rgatish
lozim deb ko‘rsatadi. Inson hunarni puxta o‘rganishi shart. Chunki hunar
unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi
kerakki, u o‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z
imkoniyatidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanayotganini anglashi lozim.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola
hisob-kitob qilishni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik
hususiyatlariga ega bo‘ladi.
Farzand oilada ota-ona tajribalari ta‘sirida tarbiya ko‘radi. Ota-ona har
qadam, har nafasda bolaga saboq beradi:
-Asbobni ishlatgach, darhol o‘rniga, yopiq joyga olib, qo‘y.U yomg‘ir emas,
shudring tegsa ham zanglaydi, o‘tmaslashib qoladi
-Tovoningni to‘g‘ri bos, poyafzalning poshnasi еyilmasin...
-Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla...
-Nonning uvoli turmushga, qog‘ozning uvoli obro‘ga putur еtkazadi.
Uvoqni ko‘rdingmi, ko‘zingga surt, qog‘oz parchasini chetga olib qo‘y....
-Ro‘zg‘oringda hyech bo‘lmasa, o‘tin yoki un, yog‘ ortib turishi kerak.
-Ikki kishi uchun tayyorlanayotgan mastavaga ikki d ona kartoshka, bir
dona piyoz, yarim piyola gurunch еtadi. Ertaga ichaveramiz deganing
xato, qolgan ovqat soviydi, quyulib qoladi, achiydi. Ovqatni har kuni
yangidan hozirlash kerak.
Mazmuni olamcha bo‘lgan bu o‘gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar
ongiga singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush
tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasiga
axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga o‘rgatadigan muhim sohasi
sanaladi.
Ishlab chiqarish korxonasidami, ro‘zg‘ordami, tabiat bag‘ridami, qayerda
bo‘lmasin, tejalgan ne‘mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Agar biz o‘zimizga berilgan rizqu ro‘zimizni tejamkorlik bilan
iste‘mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo‘lamiz. Jamiyat
mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi
muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o‘zimizdan tashqari
jamiyatga ma‘lum darajada foyda keltirgan bo‘lamiz. Ham shaxsiy, ham
ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz,
turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini
mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me‘yoriga amal
qilishni ham vujudga keltiradi.
Non, tuz, qog‘oz, yoqilg‘i, elektr quvv ati, gaz, neft‘, ruda, mato,
qo‘yingki, barcha ne‘matlar-aziz. Ammo inson o‘zi yaratuvchi, o‘zi
iste‘molchi, o‘zi nazoratchi bo‘lganligi uchun ham, ularning hammasidan
arzonroqdir. Shu sababli, avvalo, insonning o‘zini uning umri, kuchi, aql -
zakovati, iste‘dodi, kayfiyatini, mehnatga qobiliyatini asrash umrining
uzaytirish temkorlikning eng hususiyatli tomoni hisoblanadi.
Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o‘rganish va
o‘zgartirishga, shaxsiy manfaati va el -yurt xizmatiga, mehnat
s a ma dorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf eti sh
hususiyati har bir kishida shakllanishi zarur bo‘lgan ulug‘vor fazi latdir.
Tejamkorlik hususiyatlari kishilarda ularning majoziy xislatlariga
muvofiq ravishda shakllanadi va xasislik, pishiqlik, sahiylik, xalollik tarzida
ko‘zga tashlanadi.
Xasis kishilar o‘z imkoniyatlarini tejashga doimo intiladilar, ammo
o‘zgalarning va jamiyat manfaatini himoya qilishga moyil
o‘lmaydilar,undaylar shaxsiy manfaat, boyligini ko‘paytirish jazavasi bilan
yonib, insof, muruvvat va odamiylikni unutib yashaydilar.Bunday
kishilar sarxil mevamiz bozoriga, sutimizning qaymog‘i haridorga,
nonimizning mazalisi, ko‘rpa-to‘shakning yangisi, xonamizning chiroylisi
mehmonga, o‘zimiz sifatsiz ne‘matlarni tozalab еb, labi uchgan idishlar
ishlatsak ham, yashasak ham bo‘laveradi, deb tushunadilar. Bu bilan obro‘
orttirishga intiladilar. Ular "Topganingdan еtarlisini еb-ichib, kiy, salomat, tetik,
bearmon yasha», degan g‘oyaga qarshi ish tutib, farovonligimizning asl
mazmuniga putur еtkazadilar: yashash va daromad qilishning vijdonga,
tarbiyaga xilof usullarini qo‘llab, ba‘zan ko‘pchilikning nafratiga duchor
bo‘ladilar, o‘z xasisliklari, yasama xushomadlari, yolg‘on mulozamatlari bilan
turmush kechirish, mehmon kuzatish va farzand tarbiyalash madaniyatiga dog‘
tushiradilar.
Pis hiq lik da roma d v a h a ra jat ni t o ‘g ‘ri re ja l ash ti ris h ,
i s rofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jasizlikning oldini olish manbaidir.
Ro‘zg‘orda yoki xo‘jalikda bor narsani qizg‘anmaslik, inson qadrini
moddiy jihatdan rag‘batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik ki shilarda
kamtarlik, soddalik, ko‘ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik,mehmondo‘stlik,
muhtojni qo‘llash, berilgan yordamni ta‘na qilmaslik hususiyatlari ustun bo‘ladi.
Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga
saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug‘orilmog‘i kerak. Yoshlarga daromad
hajmini belgilash va harajatning me‘yorini barqarorlashtirish, boshqacha
aytganda, ne‘mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va
unga qat‘iy amal qilish ko‘nikmasi singdirilishi darkor.
Qiymati qay darajada bo‘lishidan qat‘iy nazar, narsani egasidan so‘rab
yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish xalollik
belgisidir.
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash
lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to‘g‘ri anglatish tejamkorlik
tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to‘laqonli amalga oshishi
ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga
bog‘liq.
Har qanday ota-ona o‘z farzandini voyaga еtkazib, uylab-
joylagunga qadar, xatto undan keyin ham o‘tdan, suvdan, shamol va ofatdan,
sinish,chiqish, zaharlanish, g‘aflat va hayosizlikdan, sayoqlik va beg‘amlikdan,
moddiy tanglik va jinoyat qilishdan, xijolatlik va g‘animlar nazaridan qudrati
еtguncha ehtiyotlaydi, asraydi.
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta‘sirchanligi va samarasi bilan
bolalar dastlab o‘z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana
shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi.Namuna
ko‘rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo‘li bilan farzandlarni
tejamkor bo‘lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish,
lozim bo‘lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning
tarbiyalay olish mahoratlariga bog‘liq.
Tarbiyaviy ta‘sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq
muddatli, beqaror yoki turg‘un asorat hosil qilishi mumkin. Ta‘sir
qanchalik to‘g‘ri, asosli va kuchli bo‘lsa, farzandlarda tejamkorlikka
moyillik, ishqibozlik shu qadar mustahkam shakllanadi.
Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va
kiyim-kechakni yamash, ro‘zg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta‘mirlash
sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni
bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan xolda
topshirishlari kerak.
Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini
nazorat qilib turish, lozim bo‘lsa, maslahat, ko‘mak berishi, g‘ayratbaxsh
so‘zlar aytib ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil
topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf
etiladigan xom ashyo, mablag‘, vaqt, kuch, kayfiyat, hajmini aniqlash, kerakli
uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalari takomillashadi.
Matbuot, radio, televideniye xabarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar
tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma‘lumotlar, ota-onalar hamda
keksalarning bu to‘g‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur
tushunchaning kengayishiga ijobiy ta‘sir etadi.
Darhaqiqat, tarbiyaning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan oila,
maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch -g‘ayrat
sarflariga va o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablari bir xil bo‘lishiga
bog‘liq.
Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma -xil vazifalari bir necha
fan bo‘yicha darslarda amalga oshiriladi. Masalan, tabiiy fanlar, matematika,
fizika, kimyo, biologiya o‘quvchilarga iqtisodiy rivojlanish ichki kuchlarga
e‘tibor berishni o‘rgatadilar.
O‘zbekiston davlatining moddiy va ma‘naviy o‘sish iqtisodiy
qonuniyati bilan o‘quvchilar shu tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar.
Jamiyashunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga
ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini
o‘rganadilar.
Kimyo, biologiya darslarida o‘qituvchilar yoshlarga mineral o‘g‘itning
iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko‘rsatishadi.
Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi.
Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday
savollarga bolalar o‘qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda javob topadilar.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshi riladi.
Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,o‘quvchilar shunchalik
iqtisodiy
bilim
va
malaka
oladilar.
Bunday bilimlar o‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda
o‘qishlari mumkinligini mo‘ljallashlariga imkon beradi.
O‘quvchilarga iqisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga erishish
zarur. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir.Jumladan,suhbat,ma‘ruza,amaliy
mashg‘ulot, sanoat shahobchalariga sayohat o‘tkazish, solishtirish, hisob-kitob
qilish g‘oyatda ta‘sirchan uslublar hisoblanadi. O‘quvchilarda iqtisod borasida
ijodiy
fikr
yuritishni
shakllantirishda
darslarda
va
darsdan
tashqari
mashg‘ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O‘quvchilarni nechog‘lik
iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
Tejamkorlik,
ijodkorlik,
mas‘uliyat
hissi
tashabbuskorlik,
ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday
saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim belgilardir.
Dostları ilə paylaş: |