11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati reja: Kasbiy kompetentlik



Yüklə 260,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü260,89 Kb.
#108882
1   2   3   4
11-mavzu

mohiyati qisqacha yoritiladi. 
1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish 
ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan 
muloqotga kirisha olish. 
2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga 
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati 
natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu 
kompetentlik negizida psixologik, metodik, informat- sion, kreativ, 
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida 
quyidagi mazmunni ifodalaydi: 
a) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik 
muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari 
bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z 
vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; 
b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan 
oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri 
belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni 
samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; 
c) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, 
foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan 
maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; 
d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va 
ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta 
olish; 
e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillash- tirish, 
ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga 
doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq 
etish; 
f) kommunikativ 
kompetentlik 

ta’lim jarayonining barcha 
ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni 
tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish. 
g) Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, 
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini 
namoen qilish. 
h) Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan 
ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va 


texnologiyalardan foydalana olish. 
i) Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, 
texnologik jarayon ishdan chiqqan) da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda 
oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik. 

Yüklə 260,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin