1)
psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik
muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari
bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z
vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
2)
metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan
oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri
belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni
samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
3)
informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim,
kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va
ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
4)
kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy
yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim
sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir
yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;
5)
kommunikativ kompetentlik - ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni
tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Dostları ilə paylaş: |