11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati
REJA:
1.
Kasbiy kompetentlik.
2.
Kasbiy kompetentlik sifatlari.
Bugungi kunda mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli
raqobatga bardoshli bo‘lib, har bir mutaxassisdan
kasbiy kompetentlikka
ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.
Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida kanday
sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik
sifatlarini yorita
olishi zarur?
Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi
.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar
natijasida kirib kelgan. Shu sababli “kompetentlik - noan’anaviy vaziyatlar,
kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini
qanday tutishi, muloqotga
kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi,
noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan
foydalanishda,
izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga
egalik”ni anglatadi.
Kasbiy
kompetentlik
mutaxassis
tomonidan
alohida
bilim,
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha
integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib
borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay
olishni, yangi ma’lumotlarni
izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Inglizcha “competence”
tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita
“qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori
darajadagi
kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni
yoritishga xizmat qiladi.