11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati



Yüklə 69,71 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü69,71 Kb.
#108168
  1   2   3
11-mavzu

11-Mavzu: Kasbiy kompetentlik va muloqot madaniyati




REJA:


  1. Kasbiy kompetentlik.

  2. Kasbiy kompetentlik sifatlari.

Bugungi kunda mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lib, har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.
Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida kanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur?
Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli “kompetentlik - noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.



Yüklə 69,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin