Muammo - bu yechilishi lozim bo’lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya’ni u haqda muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilish - bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir.
Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning o‘zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo ‘yish muammoli vaziyat tahliliga tayanadi, lekin bunday tahlilning o’zi bilangina belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib qolgach, muammoni qo‘ya bilish lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta’riflanishi ham lozim. Buning uchun uni subyektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur.

Muammo va metod uyg‘unligi.
Ilmiy metod harakatlarning shunday bir usuliki, uning yordamida ma ’lum turdagi ilmiy vazifalar yechiladi. Metod haqidagi bilim maxsus yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va metodikalarda ifodalanadi. Ularda harakatlarni bajarish qoidalari ta’riflanadi, shuningdek, metodni qoilash shartlari va maqsadlari, uning imkoniyatlari, metod yordamida erishiladigan natijalar xususiyati va hokazolar tavsiflanadi