Muammo va masala. Ko‘pincha muammo masala bilan bog‘lanadi va hatto u bilan tenglashtiriladi, bunda muammo muhim, murakkab masala ekanligi qayd etiladi. 0 ‘z-o‘zidan ravshanki, bu fikr uncha to‘g‘ri emas. Har qanday muammo masala bilan bog'liq, deb aytish mumkin, biroq har qanday masala ham muammo bo ‘la olmaydi. Muammo masalada o’zining to ‘liq ifodasini topadi. Har qanday muammo o‘zagini bosh masala tashkil etadi. Murakkab muammo bir qancha alohida muammolarga bo‘linishi va tegishli ayrim masalalarda o‘z ifodasini topishi mumkin.
Muammo
Uni yechish, uni ifodalovchi masalalarga javob topish uchun «eski» bilim doirasidan chetga chiqish lozim.
Masala
Uni yechish uchun «eski» bilimning o‘zi kifoyadir.
!!! Bunday masala, qay darajada muhim va murakkab bo’lmasin, fan uchun muammo hisoblanmaydi.
Katta, muhim, ikkinchi darajali muammolar.
Katta va muhim muammolarning qo ‘yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini bir necha yillarga va hatto o’n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur «Gilbert muammolari» - D. Gilbert 1900-yil matematiklarning Parijdagi xalqaro kongressida so‘zlagan ma’ruzasida ta’riflab bergan va XX asr mobaynida matematikaning rivojlanish jarayonini belgilagan 23 muammo misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Muammoninng shakillari Xususiy muammolar Mahalliy muammolar Milliy muammolar Mintaqaviy muammolar Global muammolar Ilmiy muommalar
Xususiy muammolar
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va shular kabilar.!!!Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish)
Mahalliy muammolar
Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.