Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi.Bunday muammolarga SHarqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o’zgarishlari misol bo’lishi mumkin.
Global muammolar
Global muammolar butun yer kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
Ilmiy muammo
Ilmiy muammo - bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo’lganmasala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek, ilmiy muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda - biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammoni to'g'ri qo'yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim sharti, ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichidir.
Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun:
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi;
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi;
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi;
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi;
5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo'lishi;
6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim.