Axborot haqida tushuncha



Yüklə 2 Mb.
tarix08.06.2022
ölçüsü2 Mb.
#60937
Axborot haqida tushuncha

  • AXBOROT HAQIDA TUSHUNCHA
  • Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
  • Inson sezish a’zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi.
  • Axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a’zolarimiz (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz (1- rasm).
  • Axborot turli-tuman ko‘rinishda bo‘lib, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  • MATNLI AXBOROT;
  • GRAFIKLI AXBOROT;
  • TOVUSHLI AXBOROT;
  • VIDEOLAVHALI AXBOROT;
  • BELGILI AXBOROT;
  • RAQAMLI AXBOROT.
  • AXBOROTNING SIFAT KO’RSATKICHLARI:
  • 1) axborotning rеprеzеntativligi ;
  • 2) axborotning mazmundorligi;
  • 3) axborotning yеtarliligi;
  • 4) axborotning aktualligi ;
  • 5) axborotning o‘z vaqtidaligi;
  • 6) axborotning aniqligi;
  • 7) axborotning ishonarliligi;
  • 8) axborotning barqarorligi .
  • Informatika atamasi 1960 yillarda fransuz olimlari tomonidan kiritilgan.
  • Informatika atamasi lotincha Informatic so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
  • Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo`la olmaydi va o`z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o`z hissasini qo`shadi.
  • Informatika – axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya’ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko`rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.
  • Informatikada analog (uzluk-siz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a’zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko‘rishga moslashgan bo‘lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin