11-Mavzu: Madaniyat va sivilizatsiya



Yüklə 177,89 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.10.2023
ölçüsü177,89 Kb.
#155867
11-12 Mavzu



11-Mavzu:
 
Madaniyat va sivilizatsiya 
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyatning mohiyatini bilishga turlicha 
metodologik nuqtai nazardan yondashib kelindi. Madaniyatga materialistik 
yondashish — har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, ishlab-chiqarish usuli o’ziga 
xos madaniyat yaratadi, degan g’oyaga asoslanar, ma’naviy madaniyatga nisbatan 
moddiy madaniyatni ustun qo’yar, har bir milliy madaniyatning betakror va 
noyobligini inkor etar, madaniyat istiqbolini yagona madaniyatning shakllanishi 
bilan bog’lar edi. 
Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, har bir 
milliy madaniyatning betakrorligini, unda umumin-soniylik va o’ziga xoslik 
mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi.Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat 
va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-
qarshi qo’yishga qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, 
madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa 
sifatida tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri 
emas.«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni 
XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo’lib 
shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, 
varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya deganda 
ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz 
ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda 
qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy 
bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori 
bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya 
to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang 
deyish mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» 
tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, 


yuqori ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.Keyinchalik 
sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi 
Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun bosqichi sifatida qaradi, 
madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning 
eng muhim elementi deb hisobladi.Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler 
o’zining «Yevropa quyoshining so’nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani 
inqirozga yuz tutgan, o’lib va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. 
Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo’lib, shaxs ijodiy qobiliyati va 
individualligini to’la namoyon etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun 
keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik 
qilar ekan, bu narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa 
aylantiradi. Тaniqli rus faylasufi Nikolay Berdyayev ham o’zining «Тarixning 
ma’nosi» asarida shunday fikmi ilgari surgan edi. 
Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, har 
birining nisbiy mustaqilligi va o’ziga xos xususiyatlarini ajratish muxim 
metodalogik ahamiyatga molikdir. 
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga erishish, 
madaniyat esa, o’z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga erishganlik 
ko’rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari inso-niyat tarixining juda 
uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, 
varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli 
tushunchalar emas: yovvoyilik insoniy mohiyatdan begonalashish, nooqilona 
emas, balki instinktiv ravishda faollik ko’rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy 
tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va 
tajovuzkorlik ifodasidir. 
Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o’zlashtirish bilan bog’liq 
bo’lsa, sivilizatsiya davlatning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarida fuqarolik
tuyg’usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat xissining shakllanishi bilan 


bog’liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan 
ma’noni anglatishi hambejiz emasdir). 
Insoniyat madaniyat vositasida yovvoyilikka qarshi kurashmay turib, odamlarda 
fukarolik hissini, davlat qonunlari, ijtimoiy tartiblarga hurmat hissini shakllantira 
olmas, vahshiylikning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurasha olmas edi. Shu 
boisdan ham, madaniyat sivilizatsiyaga nisbatan ilgariroq vujudga keldi. Хalqlar 
yuksak madaniyatga erishmay turib, o’ziga xos sivilizatsiya yarata olmas edilar. 
Yer yuzidagi barcha xalqlar, katta-kichikligidan qat’i nazar, o’ziga xos 
madaniyatga egadir, bunga aslo shubha yo’q. Lekin barcha xalqlar ham 
sivilizatsiyaga erishgan emaslar. Amold Тoynbi Yer yuzida hozirgacha atigi o’n 
uchta mahalliy (lokal) sivilizatsiya mavjud bo’lganligini, ulardan faqat 
sakkiztasigina hozirgacha yashab kelayotganligini ko’rsatgan edi. 
Sivilizatsii va taraqqiyotida uch davrni bir-biridan farqlaydilar: 1. agrar bosqich 
(o’rta asrlar uchun xos); 2. industrial bosqich (kapitalizm uchun xos); 3. 
postindustrial bosqich (XX asrning yillaridan boshlanadi; fan texnika 
revalyutsiyasi, infarmatsion jamiyat bilan bog’liq)Sivilizatsiyalar o’z miqyosiga 
ko’ra: jahon sivilizatsiyasi, mintaqa sivilizatsiyasi va milliy sivilizatsiyaga 
bo’linishi ham mumkin. Jahon sivilizatsiyasi mintaqaviy va milliy 
sivilizatsiyalarning o’zaro ta’siri va uyg’unlashuvi jarayonida shakllanadi.Milliy 
sivilizatsiyalar (xitoy, hind, fransuz, mayya, nemis, rus va boshqalar) buyuk 
xalqlarning uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllanadi; bunda u 
yoki bu din, hayot falsafasi, milliy lafakkur va madaniyat muhim rol 
o’ynaydi.Madaniyat va sivilizatsiyaning umumiy va o’ziga xos jihatlarini 
bclgilashda madaniyat va sivilizatsiyaning muhim elementlarini ajratish 
muhimdir.Madaniyatning eng muhim elementlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish 
mumkin: 
1) bilim, tushuncha, tasavvur, qarashlar va ilmiy nazariyalar; 


2) mazkur bilim, tasavvur, qarasMar, nazariyalaming predmetlashuvi, ro’yobga 
chiqishi; 
3) ana shu jarayonda inson shaxsining shakllanishi va takomillashuvi. 
Madaniyat elementlarining har biri o’zaro bog’liq bo’lib, inson shaxsining 
shakllanishi jarayonida madaniyatning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik 
mohiyati to’laroq namoyon bo’ladi. 
Mavjud ilmiy adabiyotlarda moddiy va ma’naviy madaniyatni bir-biridan farqlash 
va hatto ulami bir-biriga qarama-qarshi qo’yish hollari mavjuddir. Ayrim 
tadqiqotchilar sivilizatsiyani moddiy madaniyat (texnika, texnologiya) bilan 
bog’laydilar. Bizningcha, sivilizatsiyani madaniyatning faqat bir jihati bilangina 
bog’lash 
ancha 
munozarali 
va 
istiqbolga 
ega 
emasdir. 
Zero, 
madaniyatshunoslikda madaniyatga yaxlit va bir butun ijtimoiy-tarixiy hodisa 
sifatida qaraladi.Ilk sivilizatsiyaga xos eng muhim belgilarga quyidagilar kiradi: 
davlatning paydo bo’lishi; yozuvning vujudga kelishi; dehqonchilikning 
hunarmanchilikdan 
ajralib 
chiqishi; 
jamiyatning 
sinflarga 
bo’linishi; 
shaharlarning paydo bo’lishi.Hozirgi zamon sivilizatsiyasiga xos muhim belgilar 
sifatida quyidagilami ko’rsatish mumkin: huquqiy davlatning mavjudligi; 
davlatlar, xalqlar, ijtimoiy sinflar o’rtasidagi konfliktlarni umumiy konsensus 
asosida hal etishga intilish; butun jahon miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimotining 
rivojlanganligi; kommunikatsiya tizimining mavjudligi; planetar ong, planetar 
axloqning shakllanganligi. 
Sivilizatsiya turli tarixiy davr va xalqlar madaniyatining o’zaro ta’siri, madaniy-
tarixiyjarayondagi vorisiylik sifatida vujudga keladi. Madaniyat sivilizatsiyaga 
nisbatan zamon va zaruriyat nuqtai nazaridan birlamchi, yetakchi va 
ahamiyatlidir. Sivilizatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy-tarixiy rivojlanishning 
bosh maqsadidir. 


Madaniyat sivilizatsiyaga hayot beradigan, uning taraqqiyoti va qismatini 
belgilaydigan eng muhim omildir. Sivilizatsiyaning yashov-chanligi, barqarorligi 
yoki o’zgaruvchanligi madaniyatning konkret tarixiy davr sinovlariga qay 
darajada chidamli bo’lishiga, davr chaqiriqlariga qanday javob bera olishiga 
bog’liqdir.Тurli sivilizatsiyalar bir-biri bilan uxshagan, bir-biriga zid kelgan 
davrlarda milliy madaniyat o’zga madaniyat yutuqlarini zo’r berib o’zlashtirishga 
qodir bo’lsagina, milliy sivilizatsiya rivojlanishda davom etadi, aks holda 
inqirozga yuz tutishi mumkin. Din insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy 
qismidir. A. Тoynbining fikricha, har qanday sivilizatsiya biron-bir dinga 
tayanadi. Sivilizatsiyalar o’rtasidagi muhim tafovut va o’ziga xosliklar, taniqli rus 
madaniyatshunosi V. L. Sheynisning fikricha, quyidagi uch mezon bilan 
belgilanadi: 1) individning guruh va jamiyatdagi holati (shaxsning individuallik 
darajasi yoki ijtimoiy guruhga qo’shilganligi); 2) hukmron dunyoqarashda 
dunyoviy yoki diniy yo’nalishning ustuvorligi; 3) an’ana va novatorlikka 
munosabat.Sharq sivilizatsiyasi individ va jamoaning uzviy birligiga, inson va 
tabiatning yaxlitligiga asoslanganligi bois sharqlik o’zini jamoadan, tabiatdan 
ajrata olmas edi. U tabiatga ona sifatida qarar edi: sharqda tabiatning saxovati 
keng va cheksiz edi. Sharqlik jamoa fikrini qadrlash, hurmat qilish ruhida 
tarbiyalanar edi: tabiat ne’matlarini faqat o’zaro hamkorlikda o’zlashtirish 
mumkin edi. Sharq sivilizatsiyasi asosini tashkil etgan hinduizm, buddizm, islom 
dinlari inson bilan tabiat, inson bilan jamoa o’rtasidagi munosabatlarni yanada 
takomillashtirishga xizmat qilar, xristian dini singari jiddiy islohotlar 
(Reformatsiya)ga duch kelmagan edi.Sharq sivilizatsiyasi o’zining uch ming 
yillik tarixi davomida inqirozlar nimaligini bilmas, barqaror va osoyishta edi. 
Chunki unda diniy dunyoqarash ilmiy dunyoqarashga nisbatan yetakchi mavqeini 
egallar edi. Ehtimol, shu boisdan ham Sharq sivilizatsiyasida dunyoviy ilm-fan va 
ilmiy falsafa emas, balki din va diniy falsafa kuchliroq rivojlangan edi. 
Yevropa sivilizatsiyasi shaxsning individualligi, uning tadbirkorligi, ijodkorligi, 
noyob iste’dodiga asoslanar, har bir yevropalik bolalikdan «men» va «men 


emas»ni farqlash ruhida tarbiyalanar edi. Yevropa sivilizatsiyasi ilm-fan va 
texnika taraqqiyotiga, inson aql-zakovatining kuch-qudratiga tayanar va shu 
tufayli ham uning ravnaqi muqarrar ravishda inqiroz bilan almashinar edi. 
Natijada O. Shpengler, N. Berdiyayev singari yevropalik tadqiqotchilar 
sivilizatsiyani madaniyatning inqirozi sifatida tavsiflagan edi.Gap shundaki, 
yangi zamon Yevropa madaniyati ilm-fan va texnika asosiga qurilgan bo’lib, 
olamga hissiy-emotsional emas, balki intellek-tual-ilmiy asosda yondashishni 
taqozo etardi. Yevropa sivilizatsiyasi uchun an’analarni asrab-avaylab emas, balki 
novatorlik, yangilikka intilish xos edi. Shu boisdan ham, u o’tgan yuz yil 
davomida bir necha marta inqiroz va taraqqiyot bosqichlarini kechirgan 
edi.Mamlakatimiz xalqlari keyingi 100—150 yil mobaynida yevropa xalqlari 
madaniyatining ilg’or yutuqlarini o’zlashtirish orqali milliy madaniyatni yanada 
takomillashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi. o’zbelpston o’zining tabiiy-geografik 
joylashuviga ko’ra G’arb va Sharq sivilizatsiyalarini bir-biri bilan bog’lab 
turadigan, ularning ilg’or yutuqlarini o’zlashtirish orqali o’ziga xos madaniyat va 
sivilizatsiya yaratgan, istiqbolga umid va ishonch bilan qaragan mamlakatdir. 
o’zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo’shilib borish tajribasini ilmiy asosda 
tadqiq etish, sivilizatsiyali taraqqiyotning muhim xususiyatlari va muammolarini 
ilmiy asosda o’rganish muhim ahamiyatga egadir.Хullas, madaniyat va 
sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan, lekin o’ziga xos rivojlanish 
xususiyatlari va belgilari bilan ajralib turadigan ijtimoiy-tarixiy hodisalardir, 
Madaniyat insonning sotsial tabiati bilan bevosita bog’liq bo’lib, kishilik jamiyati 
mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Siviliziatsiyali taraqqiyotga erishish 
madaniy rivojlanishning noyob, betakror ekanligini anglatadi. Bir milliy 
madaniyatni boshqasidan ustun qo’yish nazariy jihatdan xato, amaliy jihatdan 
zararlidir. Milliy madaniyatlardagi rang-baranglik va o’ziga xoslik jahon xalqlari 
mada-niyatidagi umumiylikni istisno etmaydi. Тurli xalqlar madaniyatidagi 
umumiylik va mushtaraklikni qadrlash xalqlar va mamlakatlar o’rtasida tinchlik, 
hamkorlik, do’stlik munosabatlari rivojlanishiga, jahon siviliziatsiyasining ravnaq 
topishiga xizmat qiladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Alekseev P.V. Falsafa: darslik. / P.V. Alekseev, P.V. Panin, A.V. Panin. - 3-
nashr, Prospekt, 2008. - 348 b. 
Fan tarixi va falsafasi: darslik. aspirantlar uchun qo'llanma / ed. A.S. Mamzin. - 
Sankt-Peterburg: Peter, 2010. - 261 p. 
Jahon madaniyati tarixi: Prok. nafaqa / Muallif rahbari. L.T jamoasi. Levchuk. - 
Kiev: Lybid, 2009. - 368 p. 
Karmin A.S. Falsafa: darslik. universitetlar uchun / A.S. Karmin, G.G. 
Bernatskiy. - Sankt-Peterburg: Peter, 2009. - 457 p. 
Koxanovskiy V.P. Fan falsafasi asoslari: darslik. aspirantlar uchun qo'llanma / 
V.P. Koxanovskiy va boshqalar - Rostov n / D: Feniks, 2007. - 269 p. 
Falsafa: darslik. oliy o'quv yurtlari uchun nafaqa / otv. muharriri V.P. 
Koxanovskiy. - Rostov n / a: Feniks, 2011. - 368 p. 
Falsafa: darslik. / ed. V.D. Gubina, T.Yu. Sidorina., 2009. - 362 b. 

Yüklə 177,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin