Mathcad dasturida oddiy hisoblashlar.
Mathcad foydalanuvchiga elektron jadval imkoniyatlari bilan birga WYSIWYG (nimani ko’rsangiz, o’shani olasiz) interfeys matn protsessorini havola qiladi. Tenglamalarni Mathcad da kiritish, tipografik matematik yozuv bilan ustma-ust tushadi. Xuddi elektron jadvallaridagidek Mathcad dagi hujjatga ixtiyoriy o’zgarish kiritsangiz bu o’zgarishga bog’liq bo’lgan barcha natijalar yangilanadi. Mathcad o’ta murakkab matematik formulalarni hisoblashga mo’jallangan bo’lsa ham, uni oddiy kalkulyator sifatida ishlatish mumkin.
Masalan: ifodani tering. “=” belgisini kiritishingiz bilan Mathcad natijani hisoblab ekranga chiqaradi.
1.1-jadval.Arifmetik amallar.
Amal
|
Klavish
|
O’qilishi
|
•
|
*
|
Ko’paytirish
|
+
|
+
|
Qo’shish
|
-
|
-
|
Ayirish
|
:
|
/
|
Bo’lish
|
1.2-jadval.Munosabat amallari.
Amal
|
Klavish
|
O’qilishi
|
>
|
>
|
Katta
|
<
|
<
|
Kichik
|
=
|
Ctrl =
|
Teng
|
≥
|
Ctrl )
|
Katta yoki teng
|
≤
|
Ctrl (
|
Kichik yoki teng
|
≠
|
Ctrl #
|
Teng emas
|
1.3-jadval.Mantiqiy amallar.
Not
|
And
|
Or
|
Xor
|
0 =1
1 =0
|
0 0=0
0 1=0
1 0=0
1 1=1
|
0 0=0
0 1=1
1 0=1
1 1=1
|
0 0=0
0 1=1
1 0=1
1 1=0
|
Munosabat va mantiqiy amallarni Boolean palitrasida olish mumkin.
1.4-chizma. Boolean palitrasi.
Ushbu misol Mathcad ishlashining xususiyatlarini namoyish qiladi.
1.Formulalar kitobda qanday yozilsa Mathcad da ham shunday yoziladi.
2.Qaysi amalni birinchi bajarishni Mathcad o’zi aniqlaydi.
3.“ =“ belgisi yozilgandan keyin Mathcad natijani chiqaradi.
4.Operatorlar kiritilgandan so’ng kiritish maydonchasi deb nomlangan to’g’ri to’rtburchakni ko’rsatadi.
5.Ekrandagi ifodalarni tahrir qilish mumkin.
Mathcadda funksiya va grafiklar.
O’zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash.
M athcadda o’zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash mumkin.
Masalan t o’zgaruvchini aniqlash uchun t: kiritish lozim natijada hosil bo’ladi, bo’sh maydonchaga ixtiyoriy son kiriting. Shu bilan t o’zgaruvchini aniqlash tugaydi t . Ana shu tartibda har qanday o’zgaruvchini aniqlash mumkin. Bu yerda “:=”o’zlashtirish operatori vazifasini bajaradi, yani = dan o’ng tarafdagi qiymatni “=” dan chap tarafdagi o’zgaruvchiga o’zlashtiradi. Biz bilamizki dasturlash tillarida lokal va global o’zgaruvchi tushunchasi mavjud, bu yerda ham bu tushuncha bor. Agar o’zgaruvchi t:= ko’rinishda aniqlansa u lokal o’zgaruvchi bo’ladi. Global o’zgaruvchi esa quyidagicha aniqlanadi .
Misol keltiramiz,
Lokal va Global o’zgaruvchilarni e‘lon qilinishi.
Mathcad ishchi hujjatni tepadan pastga va chapdan o’ngga qarab o’qiydi. Yuqorida keltirilgan misolda, agar ifodani qiymatini hisoblashda o’zgaruvchilar ifodadan pastga e‘lon qilingan bo’lsa, ifodani qiymatini hisoblashda xatolik yuz beradi. Global o’zgaruvchilarda esa ifoda qayerda yozilishidan qat‘iy nazar ifodada global o’zgaruvchi qatnashgan bo’lsa unda tasir qiladi.
Mathcad da funksiyani ham aniqlash mumkin. Masalan f(x)=x2 funksiyani qanday aniqlashni ko’rib chiqamiz.
f(x): ni tering natijada f(x):=■ hosil bo’ladi.
x2 ni tering natijada f(x):=x2 funksiya hosil bo’ladi.
Bu yerda f funksiya nomi x esa funksiya argumenti. Funksiyaning ixtiyoriy nuqtadagi qiymatini hisoblash mumkin. Masalan f(3)=9 , f(5)=25, f(4)=16. Xuddi shu tartibda ikki argumentli, uch argumentli va n argumentli funksiyani aniqlash mumkin. Masalan ikki argumentli funksiyani qanday aniqlashni ko’rib chiqamiz. T(x,y):=x2+y2 , T(2,1)=5, T(2,2)=4.
Mathcad takroriy yoki iteratsion hisoblashlarni amalga oshirishi mumkin. Bunda u diskret argumentli o’zgaruvchilardan foydalanadi. Masalan x o’zgaruvchining 10 dan 20 gacha 1 qadam bilan ifodaning qiymatlarini hisoblash talab qilingan bo’lsin. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1.x:=10,11 ifodani tering
2.; 20 ifodani tering
natijada x:=10,11..20 hosil bo’ladi, bu yerda .. faqat ; tugmasi orqali qo’yiladi aks holda xato hisoblanadi. Agar oraliq berilgan bo’lsa qadamni aniqlash quyidagicha bo’ladi. Birinchi qiymat kiritiladi va “ , ” dan so’ng ikkinchi son kiritiladi ular orasidagi ayirmani qadam sifatida oladi agar ” , “ dan keyin son ko’rsatilmasa qadamni 1 ga teng deb oladi. Diskret argument aniqlangandan keyin, shu o’zgaruvchini kiritib “=” ni kiritsak bizga jadval shaklida diskret o’zgaruvchining qiymatlari keltiriladi. Boshqa dasturlash tillari kabi Mathcad da ham o’zimiz ixtiyoriy funksiyani e`lon qilishimiz mumkin oldindan yaratilgan maxsus standart funksiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan: sin(x), cos(x), ln(x) va boshqa funksiyalar.
Funksiyalarni qanday aniqlashni, funksiya diskret argumentning qiymatlarida hisoblashni va standart funksiyalardan qanday foydalanishni quyidagi misollarda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |