11-Mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 71,96 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,96 Kb.
#209136
1   2   3   4   5   6
11-мавзу

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:
· Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
· Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).
· Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
· Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
· Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.
· Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
O‘zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifbo asosida olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosidagi ta’lim shakllari 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos solish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratish asosiy maqsad qilib qo’yilgan edi.
1990-2010 yillarda umumta'lim maktablari o'quvchilari soni (1-9 sinf) 4053,0 ming kishidan 4676,1 ming kishiga o'sdi. 7 (6) yoshgacha bo'lgan bolalarning maktab ta'limi qamrab olinganligi darajasi shu davrda 92,1% dan 99,3%ga, darsliklar bilan ta'minlanish darajasi 55,4%dan 100%ga, kompiyuter o'quv xonalari bilan ta'minlanish, mak-tablar sonidan foiz nisbatida 2,4%dan 68,2%ga o'sdi.
Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o‘rta maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)lar kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi.
2004-2010 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi amalga oshirildi. Buning natijasida 7800 dan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi, ta'mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga etdi. 8 mingdan ortiq ta'lim muassasasi kapital ta'mirlandi, gaz va suv bilan ta'minlandi, markazlashtirilgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi .
2011 yilda eng zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan, 46300 o'quvchiga mo'ljallangan 166 ta yangi maktab qurildi va rekosntruksiya qilindi, 151 ta maktab kapital ta'mirlandi. 852 ta maktabda zamonaviy o'quv kompiyuter sinflari tashkil etildi. 9400 dan ziyod umumta'lim maktabi yoki jami maktablarning 96%i ZiyoNET elektron axborot tarmog'iga ulangan .
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimizda maktab o'quvchilarining «Umid nihollari» , kollej va lisey o'quvchilarining «Barkamol avlod» hamda talabalar Universiadasining har yillik musobaqalarining jahonda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli tizimi yaratilgan. Barcha o'quv muassasalarida, shu jumladan, qishloqlarda ham xalqaro mezonlar bo'yicha jihozlangan sport zallari, sport majmualari mavjud. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy etilgan yilda mamlakatimizdagi maktab o'quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalari tomonidan 152 ta medali, shu jumladan, 29 ta Oltin medali qo'lga kiritildi. O’zbekiston Oliy o'quv yurtlarining ko'plab talabalari turli fanlar bo'yicha xalqaro olimpiadalarning g'oliblaridir. Bizning yosh musiqachilarimiz va rassomlarimiz orasida turli nufuzli xalqaro tanlovlar sovrindorlarining soni ortib bormoqda. Olimpiada o'yinlarida jahon va mintaqa chempionatlarida, boshqa musobaqalarda yosh o'zbek sportchilarining g'alabalari Vatanimiz dong'ini butun dunyoga taratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g'oliblarini rag'batlantirishning yangi tizimi joriy etildi. Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, quyidagi fanlar bo'yicha olimpiada g'oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz imtiyozli qabul qilinishi ham belgilab qo'yildi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI).
2019 yilda O’zbekiston terma jamoasi Xalqaro olimpiadalarda jami 8 ta medalni qo'lga kiritdi. Jumladan, 11-22 iyuli kunlari Buyuk Britaniyaning Bat shahrida bo'lib o'tgan 60-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) O’zbekiston jamoasi 1 ta bronza medali (2018 yilda medal olinmagan) va 3 ta diplom, 14-21 iyuli kunlari Vengriyaning Seged shahrida bo'lib o'tgan 30-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) O’zbekiston jamoasi 3 ta bronza medali (2018 yilda medal olinmagan), 21-30 iyuli kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) O’zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medali (2018 yilda 2 ta bronza medali) sohibi bo'ldi.
2020 yilgi natijalarga ko'ra, Yaponiya tomonidan tashkil qilingan IBO2020 Challenge — Xalqaro biologiya olimpiadasida 52 ta davlatdan 262 nafar ishtirokchi qatnashdi. Masofaviy tarzda o'tkazilgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra, O’zbekiston terma jamoasi a'zosi mamlakat tarixida ilk bor biologiya yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritdi.Shu bilan bir qatorda, olimpiadada 2 ta kumush medali ham O’zbekistonlik akademik lisey o'quvchilari tomonidan egallandi.
Shuningdek, O’zbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos bo'lishi kutilmoqda. Chunki bu o'quv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilg'or texnologiyalarni qo'llagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash bo'yicha yaxlit tizim bo'ladi. Prezident maktabida o'quv jarayoni tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo'lib, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv rejalar va dasturlar bo'yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodiyot, san'at, matematika chuqurlashtirib o'rgatiladi. O’n nafar xorijlik mutaxassislar o'quvchilarga dars beradilar. Bunday maktablar Toshkent, Namangan, Nukus, Xiva shaharlarida ochildi va loyihaga muvofiq Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg’onada ham qurilish ishlari olib borilmoqda.
Prezident maktablarining 9-11-sinflarida ta'lim olish o'quvchilarning qiziqishlariga ko'ra ayrim fanni tanlash va ularni o'rganish darajasini inobatga olgan holda individual o'quv jarayoni asosida amalga oshiriladi. Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo'ladi. Bu esa o'z navbatida xorijiy oliy o'quv yurtlariga kirish imkonini beradi. Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.

Yüklə 71,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin