11-mavzu. Texnik boshqaruv tizimlarida axborot xavfsizligi ta’minoti



Yüklə 260,93 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü260,93 Kb.
#158881
  1   2   3   4   5
Texnik boshqaruv tizimlarida axborot xavfsizligi ta’minoti


11-mavzu. Texnik boshqaruv tizimlarida axborot xavfsizligi ta’minoti.

1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan taxdidlar, xujumlar va zaifliklar,


2. Axborot xavfsiligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’yoriy-xuquqiy baza, xavfsizlik modellari.
3. Identifikatsiya va autentifikatsiya,
4. Kompyuter viruslari va zararkunanda dasturlar bilan kurashish mexanizmlari,
5. Axborotni himoyalashda tarmoqlararo ekranlarning o‘rni, operatsion tizim himoyasi, axborot sirqib chiqish kanallari va ularni aniqlash hamda ob’ektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash masalalari.
6. Elektron raqamli imzo va undan foydalanish texnologiyalari.
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan taxdidlar, xujumlar va zaifliklar,

Komp`yuterni bexato, turi va puxta ishlashi undagi qimmatli ma`lumotlarni saqlanishini ta`minlaydi va ma`lumotlar himoyalanadi. Fuqarolarni tinchligini, xavfsizligini ta`minlashda qonun turadi.


Hisoblash texnika sohasida esa qonunlarni yaratish jarayoni hisoblash texnika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tezligiga eta olmayapti. SHuning uchun Komp`yuter xavfsizligi ko`proq himoyalash tadbirlariga suyanadi.
Axborot xavfsizligi deb, ma`lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yo`naltirilgan tabiiy yoki sun`iy xossali tasodifiy va qasddan ta`sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o`g`irlash yoki nusxa olishdan iborat bo`lsa, hozirgi paytdagi xavf esa komp`yuter ma`lumotlari to`plami, elektron ma`lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so`ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta`minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta`minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar etkazmokchi bo`lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya`ni identi­fikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo`yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:

  • axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yukotilishi, uzgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

  • shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf – xatarning oldini olish;

  • axborotni yuk qilish, uzgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;

  • xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta`minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;

  • axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma`lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;

  • davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;

  • axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta`minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub`ektlarning xukuklarini ta`minlash.




Yüklə 260,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin