11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə1/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST


11-SINF ADABIYOT
FANI DARSLIGI MAVZULARI BO‘YICHA
TESTLAR TO‘PLAMI
11-SINF ADABIYOT 1-QISM
I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODI
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI»
«GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» DOSTONI HAQIDA
(Darslikda 3–51-betlar)
1. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?
Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun
Kemishti kitob, o‘tru baqti ko‘zin.
A) «Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»
C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Nazm ul-javohir»
2. Quyidagi hadisda nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
«... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib xursand bo‘lsangiz va, aksincha,
yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, haqiqiy ... ekansiz».
A) er kishi B) mard kishi
C) olim D) mo‘min
3. Quyidagilardan qaysi ijodkor inson ma’naviyatini boyitishga har qanday
adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan
asarlargina xizmat qila olishini alohida ta’kidlaydi?
A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib
C) A. Yugnakiy D) A. Navoiy
4. «Qut belgusi − bilig» (Har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir) degan
maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol
iste’molda bo‘lganini kimning asaridan bilib olishimiz mumkin?
A) Mahmud Koshg‘ariy B) Y.X. Hojib
C) A. Yugnakiy D) M. Zamaxshariy
5. Quyidagi fikrlar Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istar sen o‘zingdan istagil.
A) «Lison ut-tayr» B) «Farhod va Shirin»
C) «Layli va Majnun» D) «Hayrat ul-abror».
6 . Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi
uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan
iboratligini yozadi?
A) Lutfiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy
7. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy
yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?
A) O‘zg‘urmishni B) Oyto‘ldini
C) Kuntug‘dini D) O‘gdulmishni
8. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining
qizi uchun maktab ochib beriladi?
A) Hay qabilasi boshlig‘i B) Bani Omar qabilasi boshlig‘i
C) Qipchoq qabilasi boshlig‘i D) No‘g‘ay qabilasi boshlig‘i
9. Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning
barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi
ijodkor qalamiga mansub?
A) Ahmad Yassaviy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Alisher Navoiy
10. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi,
shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?
A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy D) Bobur
11. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati,
kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?
A) otasi B) onasi
C) opasi D) do‘sti
12. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam,
adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon
qilinadi?
A) «Lison ut-tayr»da B) «Farhod va Shirin»da
C) «Layli va Majnun»da D) «Hayrat ul-abror»da
**************************************************************************************
13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz
yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?
A) To‘liboy sinchi B) Ravshanbek
C) Ahmadbek D) Urayxon
14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi
qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?
«Mening bir o‘yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo‘q qilaman,
qo‘rg‘onini qulataman o‘ligini silataman, xazinasini o‘lja qilib sizlarni
talataman».
A) Shohdorxon B) Jig‘alixon
C) Gajdumbek D) Qovishtixon
15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi
qahramonga tegishli?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin