Ko‘zlaring – tongning yulduzi, Qoshlaring – daryo qunduzi, O‘zing Shirvonning azizi, Suv bergin, arabning qizi. A) Ravshanbek B) Gajdumbek
C) Go‘ro‘g‘libek D) Rustambek
6 1. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo‘lga chiqqan
Go‘ro‘g‘li qaysi buloqqa yetib boradi?
A) Oydin buloq B) Oyna
C) Ko‘kbuloq D) Qorabuloq
62. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tomonidan Go‘ro‘g‘liga qarata aytilgan?
Buralib bo‘yningga qo‘lim solaman, Harna bo‘lsam sening bilan bo‘laman. Yig‘lama, chirog‘im, ko‘nglim buzildi Rostin aytsam, sening tog‘ang bo‘laman. A) Rustam B) Ravshan
C) Gajdum D) Jig‘alixon
63. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li tug‘ilgach, qancha vaqtdan
keyin go‘rdagi chiroq o‘chadi?
A) 2 yildan keyin B) 3 yildan keyin
C) 3 oydan keyin D) 2 oydan keyin
64. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida vafot etgan Bibi Hilol qancha
muddatdan keyin ko‘zi yoriydi?
A) uch oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
B) to‘rt oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
C) besh oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
D) ikki oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat, to‘qqiz daqiqadan keyin
65. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning amaldorlari ko‘cha-ko‘yda
yig‘ilishib, but Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahoryordan fotiha
olaylik deb yuradilar?
A) Gajdumbekning B) Shohdorxonning
C) Odilxonning D) Qovishtixonning
66. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada
qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.
«... Bibi Hilolni … ga nikohlab berdi». A) Hamza, Gajdum B) Odilxon, Ravshan
C) Gajdumbek, Ravshan D) To‘liboy, Gajdum
67. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushining ta’biridan
olingan quyidagi misralarda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni
ketma-ketlikda qo‘ying.
Tepangdan sochilgan tillang – ... Og‘zingdan uchgan qush – ... Qulagan imorat – sening ... 1) qoningdir; 2) koningdir; 3) taningdir;
4) Haqning kal(i)masidir; 5) joningdir.
A) 1, 4, 2 B) 1, 5, 3
C) 3, 5, 4 D) 2, 1, 3
68. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon shahardan uzoqroq
yerdan sakkiz oshyonlik imorat soladi?
A) Shohdorxon B) Gajdumbek
C) Ravshan D) Odilxon
69. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon qachon Holmonning
gapiga kirmaganidan afsuslanadi?
A) Odilxonga g‘aybdan qo‘shin kelib qo‘shilganini ko‘rgach
B) Holmon vafot etgach
C) Odilxon lashkarining qurollari kuchliligini ko‘rgach
D) o‘zining lashkari orasida janjal va ocharchilik kelib chiqqach
70. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit elining o‘quvchi bolalari
har kuni o‘qib, qaysi kuni tushdan keyin ozod bo‘lar edilar?
A) shanba B) dushanba
C) payshanba D) juma
71. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning bozorchi
savdogarlarini kim talaydi?
A) Qovishtixon B) To‘liboy
C) Shohdorxon D) Urayxon
72. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning yurtiga bostirib
kelgan yovning kimligini bilib kelish uchun yuborgan lashkar boshlig‘i kim?
A) Taka noibi Subyon B) Yovmit begi Zamon
C) Yovmit noibi Subyon D) Taka begi Zamon
73. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Odilxon nima uchun
Ravshandan umidini uzadi?
A) O‘lgan deb o‘ylaydi.
B) Asir tushgan deb o‘ylaydi.
C) Mendan xafa bo‘lgan deb o‘ylaydi.
D) Adashib ketgan deb o‘ylaydi.
74. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qo‘llanilgan «mirg‘azab» so‘zining
ma’nosini toping.
A) shayton, dog‘uli B) mirshab, navkarboshi
C) jazo beruvchilar boshlig‘i D) jallod, jon oluvchi
75. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamzadan qulni kim sotib oladi?
A) Gajdumbek B) Ravshanbek
C) Rustambek D) Shohdorxon
7 6. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning xotinining esli ekani,
G‘oro‘g‘lini «to‘shiga bosib, ostiga yetti qavat to‘shak» tashlagani aytiladi?
A) Yusufbekning B) Ravshanbekning
C) Gajdumbekning D) Rustambekning
77. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa
o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, haloling
bo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?
A) Rustambek B) Rayhon arab
C) Gajdumbek D) Ahmadbek
78. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga
ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab
boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?
A) chiltanlar va Xizr alayhissalom B) Gajdumbek va Rustambek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek
79. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha
olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni
ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida
bo‘lar edi?
A) Shohdorxon B) Rayhon arab
C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon
80. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida
e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir
vositalaridan foydalanilgan?