11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə11/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

«... ... bila to‘qushti,
Qing‘ir ko‘zun baqishti,
Tutashqali yaqishti,
Utg‘alimat o‘g‘rashur».
A) qish va yozni B) qish va bahorni
C) yovuzlik va ezgulikni D) kun va tunni
40. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
41. Hozirda qaysi davlatda Barskon nomida daryo va dovon bor?
A) Qozog‘istonda B) Qirg‘izistonda
C) Tojikistonda D) O‘zbekistonda
42. Nechanchi asrga kelib Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar
shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan?
A) IX asrga kelib B) X asrga kelib
C) XI asrga kelib D) XII asrga kelib
4 3. «Devon»da muallif Barsg‘an kimning o‘g‘lining nomi ekanligini aytar
ekan, «Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu
shahardan», – deb yozadi?
A) Tamg‘ochxonning B) Bo‘riteginning
C) Bug‘raxonning D) Afrosiyobning
44. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida turkiy so‘zlarning
ma’nosini qaysi tilda izohlab bergan?
A) fors tilida B) arab tilida
C) turk tilida D) hind tilida
45. Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisi
sifatida qaysi til bilan «... ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib
borayotgan turk tilini» ko‘klarga ko‘taradi?
A) arab tili bilan B) so‘g‘d tili bilan
C) hind tili bilan D) fors tili bilan
46. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar qaysilar?
A) ruboiy, tuyuq, to‘rtlik, fard B) to‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba
C) qit’a, to‘rtlik, ruboiy, tuyuq D) tuyuq, musamman, ruboiy
47. Munozara janri haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
1) Munozara biror insonning vafoti munosabati bilan yoziladi;
2) Munozara asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga
quriladi;
3) Munozara she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin;
4) Munozara asar qahramonlarining ta’rif va tavsifi asosiga quriladi;
5) Munozarada ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega
bo‘ladi;
6) Munozara faqat she’riy shaklda yaratiladi.
A) 2, 3, 5 B) 2, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6
48. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtliklaridan birida ko‘z yoshlarini nimaga
o‘xshatadi?
A) dengizga B) daryoga
C) yomg‘irga D) buloqqa
49. «Devonu lug‘ot at-turk»da qaysi buyuk tarixiy shaxsning o‘limi achchiq
qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida
baholanadi?
A) Siyovushning B) Afrosiyobning
C) Qazning D) Barmanning
50 . Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Ardam bashi – til»
maqolinining to‘g‘ri izohini toping.
A) «Odam boshiga keladigan balolarning boshi – til(da)dir».
B) «Odob boshi, baxt boshi – til(da)dir».
C) «Odam boshi bo‘sh bo‘lsa, til ko‘p shovqin solar».
D) «San’at, fazilatlarning boshi til(da)dir».
51. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlarini toping.
A) Buxoro, Isfijob (Sayram), Xo‘tan, O‘tror, Qashqar
B) Bolasog‘un, Qashqar, Isfijob (Sayram), Shosh, Buxoro
C) O‘tror, Shosh, Xo‘tan, Samarqand, Bolasog‘un
D) Isfijob (Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan
52. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim kim?
A) Ahmad Yugnakiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Alisher Navoiy D) Mahmud Koshg‘ariy
53. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida tarixiy mavzuda kimlar bilan bo‘lgan
janglar haqidagi parchalar mavjud?
A) qipchoqlar, tangutlar bilan
B) yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan
C) o‘g‘uzlar, yabog‘u (yobg‘u)lar bilan
D) turklar, o‘g‘uzlar bilan
54. «Devon»da nimalar bilan bog‘liq she’riy parchalar katta o‘rin tutadi?
A) turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq she’riy parchalar
B) turli insoniy kechinmalar talqini bilan bog‘liq she’riy parchalar
C) mehnat shavqi bilan bog‘liq she’riy parchalar
D) tabiat manzaralari go‘zalligi bilan bog‘liq she’riy parchalar
55. «Devon»dagi qaysi to‘rtlik boshdan oxirigacha jonlashtirishga tayanadi?
A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»
C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
56. «Devon»da keltirilishicha, ba’zilar turk shaharlari chegarasini qayerdan
boshlanishini aytadilar?
A) Marvash – Shohijondan B) Qum – Marvashdan
C) Qazvin – Shohijondan D) Qazvin – Qumdan
57. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya qanday she’riy shaklda yozilgan?
A) g‘azal B) qasida
C) murabba D) muxammas
58 . Go‘ro‘g‘li ismining alp va bahodir ma’nosini ochib beruvchi so‘z qaysi
qadimiy maqolda qo‘llanganligini toping.
A) «Ashuch aytur tubum altun. Qamich aytur men qaydaman».
B) «Emgak ekinda qolmas».
C) «Sundilach ishi ermaz ortugun tepmak».
D) «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».
59. «Yir» so‘zining ma’nosini toping.
A) yirtiq B) qasida, qo‘shiq
C) kuy, maqom D) hikmatli so‘z
60. Mahmud Koshg‘ariy qaysi lug‘atning ilk namunasini yaratgan?
A) turkcha – arabcha B) arabcha – hindcha
C) forscha – arabcha D) turkcha – forscha
61. Qoraxoniylar davlati qaysi hukmdorlarning davrida ancha kuchaygan,
nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan?
A) Xorun, Bug‘raxon, Tamg‘ochxon va Ibrohim Bo‘ritegin davrlarida
B) Xorun, Ubaydullaxon, Ispahsalar va Ibrohim Bo‘ritegin davrlarida
C) Ispahsalar, Bo‘ritegin, Tabg‘achxon va Ibrohim Bug‘raxon davrlarida
D) Qoraxon, Xorun, Tamg‘ochxon va Ibrohim Bug‘raxon davrlarida
62. «...qo‘nonlarga, yaxshilarga osh-ovqat tutadigan, yovuz yovni
qochiradigan, O‘g‘roq lashkarini qaytarib yuboradigan bahodirning halok
bo‘lgani haqida qaysi asarda she’r keltiriladi?
A) «Qutadg‘u bilig» B) «Devonu lug‘ot at-turk»
C) «Mahbub ul-qulub» D) «Hikmat»
63. Nishotiy qalamiga mansub munozaralarni toping.
A) «Binafsha va Chang», «O‘q va Yoy» «Gul va Daf»
B) «Boz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang»
C) «Bang va Chog‘ir», «Boz va Bulbul», «Gul va Daf»
D) «Bang va Chog‘ir», «Binafsha va Chang», «Gul va Daf»
64. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda ko‘z, mengiz (xol), yuz o‘ziga xos
sifatlashlar – ulas, qara, qizil so‘zlari bilan ziynatlangan?
A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»
C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
65. «Devon»da keltirilishicha, turklarga chegara hisoblangan Qum shahri
nomi qaysi tilga oid hisoblanadi?
A) arab B) fors
C) turk D) hind
66. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Qut belgusi – bilig»
maqolining to‘g‘ri izohini toping.
A) «Bilim – baraka, aql belgisi» B) «Bilim – baxt belgisi»
C) «Bilim – iymon belgisi» D) «Bilim – olimlik belgisi»
67. «Devonu lug‘ot at-turk» («Turkiy tillar lug‘atlari») asari kimga
bag‘ishlangan?
A) Muhammad al-Muqtadoga B) Ibrohim Bo‘riteginga
C) Muhammad Xo‘jabekka D) Tavg‘ach Bug‘raxonga
68. Qoraxoniylar davlati qayerlarni o‘z ichiga olgan?
A) Sharqiy Tiyonshon, Xuroson, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini
B) Shimoliy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini
C) Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini
D) Janubiy Tiyonshon, Xuroson, Chu va Talas vodiylarini
69. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan
marsiyani toping.
A) «Alp Er To‘nga» B) «Oltin qon»
C) «Eltarish xoqon» D) «Qish va bahor»
70. «Devon»dagi yetakchi mavzular qaysilar?
1) Vatan va yurt muhabbati;
2) xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish;
3) tabiat manzaralari go‘zalligi;
4) ilmsizlikdan qochish;
5) turli insoniy kechinmalar talqini;
6) mehnat shavqi.
A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6
71. «Alp Er To‘nga», «Qish bilan Bahor» asarlari qanday shaklda
qofiyalangan?
A) a-a-b-a B) a-b-a-b
C) a-a-a-a D) a-a-a-b
72. Qaysi ijodkor Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan?
A) Mahmud Koshg‘ariy B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Yusuf Xos Hojib D) Ahmad Yugnakiy
73. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «esiz» so‘zi
qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir D) afsus, attang
7 4. «Uma kelsa, qut kelar» maqolining izohini toping.
A) «Mehmon kelsa, u bilan qut keladi».
B) «Chaqaloq dunyoga kelsa, u bilan qut keladi».
C) «Omad kelsa, u bilan qut keladi».
D) «Ilm kelsa, u bilan qut keladi».
75. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan rivoyatni
toping.
A) «Alp Er To‘nga» B) «Oltin qon»
C) «Eltarish xoqon» D) «Qish va bahor»
76. Qachon qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni
egallab oladilar?
A) 992-yilda B) 990-yilda
C) 994-yilda D) 996-yilda
77. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?
A) 1072-yilda B) 1070-yilda
C) 1012-yilda D) 1074-yilda
78. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini nimalar tashkil
qiladi?
A) ruboiylar B) tuyuqlar
C) to‘rtliklar D) ikkiliklar
79. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga
qiyosiy holda aks ettirilgan «Yay qish bila qarishti» misrasining ma’nosini
toping.
A) «Yomg‘ir qish qori bilan qorishdi».
B) «Yoz qish bilan qarshilashdi».
C) «Bahor qish bilan qarshilashdi».
D) «Yoz yomg‘iri qishda yog‘maydi».
80. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni qayerda turar edi, deb ko‘rsatadi?
A) Xo‘tanda – Qazvin shahrida
B) Qashqarda – O‘rdukent shahrida
C) Qashqarda – Qazvin shahrida
D) Xo‘tanda – O‘rdukent shahrida
81. Adabiyotning keyingi bosqichlarida qanday she’riy shakldagi marsiyalar
uchraydi?
1) g‘azal; 2) qasida; 3) muxammas; 4) tuyuq;
5) qit’a; 6) tarkibband; 7) tarjiband; 8) musaddas.
A) 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7, 8 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
82 . «Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas» qadimiy
maqolinining to‘g‘ri izohini toping.
A) «Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi».
B) «Qazvin xoqonining ipak choponi keng, lekin o‘lchamay kesilmaydi».
C) «Movaraunnahr xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay
kesilmaydi».
D) «Xuroson xoqonining ipak choponi keng, lekin o‘lchamay kesilmaydi».
83. Barskon nomli daryo va dovon qayerda joylashgan?
A) Bolasog‘un atrofida B) Issiqko‘l atrofida
C) Sayram atrofida D) Shosh atrofida
84. Darslikda berilgan «Devonu lug‘ot at-turk» parchalari kimning nashridan
olingan?
A) B. Nazarov B) B. To‘xliyev
C) B. Karimov D) Q. Sodiqov
85. Quyidagilar ichidan qaysi bir asar munozara janrining eng qadimgi
namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega?
A) «Qish va Bahor» B) «Binafsha va Chang»
C) «Boz va Bulbul» D) «Bang va Chog‘ir»
86. «Qish va Bahor» munozarasida qaysi tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi?
A) qarshilantirish B) jonlantirish
C) o‘xshatish D) mubolag‘a
87. Mahmudning qashqarlik ilk ustozlaridan birini toping.
A) Bug‘raxon B) Bo‘ritegin
C) Xorun xalifa D) Husayn xalifa
88. Saj’ nima?
A) she’r turi B) qofiyali nasr
C) o‘xshatish D) xalq og‘zaki ijodi
89. Asarda keng qo‘llangan murabba’ shakliga xos bo‘lgan qofiyadoshlikni
toping.
A) a-a-a-b B) a-b-a-b
C) a-a-a-a D) a-a-b-a
90. «Devon»dagi «Bulnar meni ulas ko‘z...» («Xumor ko‘zli meni asir
qiladi...») to‘rtligida qaysi tasvir usuli ustunlik qiladi?
A) o‘xshatish B) sifatlash
C) jonlantirish D) qiyos
9 1. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «ajun» so‘zi
qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir D) olam, dunyo
92. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida
bitilgan.
B) Alp Er To‘nga marsiyasi barmoq vaznida bitilgan.
C) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan.
D) Alp Er To‘nga marsiyasining har bir bandi yetti misradan iborat.
93. Qoraxoniylar davrida qaysi shaharlarda ilm-fan egalari, turli sohalarning
yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to‘plangan?
A) Bolasog‘un, Sayram, Samarqand, Hirot
B) Shosh, Buxoro, Qarshi, Sayram, Taroz
C) Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz
D) Shosh, Bolasog‘un, Hirot, Mashhad
94. Mahmudning bobosi qayerdan bo‘lgan?
A) Koshg‘ardan B) Barsg‘andan
C) Sayramdan D) Tarozdan
95. «Devon»da keltirilgan «yir» so‘zi yana qanday shaklda ham talaffuz
qilingan?
A) yer B) yar
C) ir D) ar
96. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlarni,
asosan, qanday nomlagan?
A) to‘rtlik yoki maqom B) qo‘shug‘ yoki kuy
C) to‘rtlik yoki qasida D) qo‘shug‘ yoki she’r
97. «Alp Er To‘nga» marsiyasida qaysi voqeadan keyin: «Zamon butunlay
ozdi, Tuban, yomonlar ko‘paydi», – deyiladi?
A) dushman bosqinidan keyin
B) Afrosiyob vafotidan keyin
C) ilmsizlarning gavg‘olaridan keyin
D) bilim (buloqlari) ko‘z ochmay qo‘ygandan keyin
98. «Devon»da nomlari keltirilgan Alp Er To‘nganing farzandlarini toping.
A) Barman, Barsg‘an, Qaz B) Siyovush, Barman, Qaz
C) Qaz, Barsg‘an, Qazvin D) Barman, Barsg‘an, Qaz, Qazvin
99 . Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «o‘dlak»
so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir D) olam, dunyo
100. Alp Er To‘nga marsiyasining turoqlari qanday shaklda?
A) 3+4 shaklida B) 5+2 shaklida
C) 2+5 shaklida D) 4+3 shaklida
101. Misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi nima deb atalgan?
A) saj’ B) nasr
C) rajaz D) talmi’
102. «Devon»dagi nimalarda insonning qalb kechinmalari, nozik histuyg‘
ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi?
A) tuyuqlarda B) lirik qo‘shiqlarda
C) saj’larda D) musaddaslarda
103. «Devon»dagi to‘rtliklarga xos bo‘lmagan qofiyadoshlikni toping.
A) a-a-a-b B) a-b-a-b
C) a-a-a-a D) a-a-b-a
104. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan
unsurlardan biri qofiya bo‘lib, undagi qofiyadosh so‘zlar to‘liq jarangdorligi va
ohangdoshligi bilan ajralib turadi?
A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Yoz»
C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
105. Yaqiniy qalamiga mansub munozarani toping.
A) «O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul»
C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»
106. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi?
A) Qaz B) Afrosiyob
C) Siyovush D) Barman
107. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»da Afrosiyobning bolalari qanday
atalganini eslatadi?
A) xoqon, xon B) alp, noib
C) amir, hukmdor D) hukmdor, sardor
.

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin