Badiiy tafakkur, obrazlilik, emotsional-ekpressiv bo`yoq, fikr go`zalligi, madaniy nutq, mantiqiylik, ifodalilik, so`z ma’nosi, kontekst va intonatsiya.
Maqsadlar:
Ta`limiy: nutqning sofligi va adabiy til me’yoriga muvofiqligi, badiiyligi. Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi vositalar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni komillikka, barkamollikka undash orqali ularga axloqiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqida adabiy til me’yoriga amal qilish malakasini rivojlantirish.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Uslub: suhbat, tushuntirish, savol-javob, testlar bilan ishlash.