Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Kun yangiliklari haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash. Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi. Aqliy hujum: KINOYA deganda nimani tushunasiz? Savol yuzasidan o`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushuntiriladi. Topshiriq. Berilgan ikki gapda qo`llangan kichkina so‘zining ma’nolaridagifarqni izohlashga harakat qiling.
1. Arava yakka qanotli kichkinagina bir eshik oldida to‘xtab, aravakashbola qamchi sopi bilan eshikni qoqqanda va ichkaridan bir kampirningingichka va jonsiz ovozi ≪Kim u?≫ deb so'raganda, odamlar bir uyquniurgan edilar. (Cho'lpon) 2. Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlabqaynatasi — Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurushcholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkitaho‘kiz berdi, lekin ≪KICHKINAGINA≫ sharti bor. Bu shart kuzda ma’lumbo`ladi... (Abdulla Qahhor)
Nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligini oshirishda kinoya ham alohida o‘rin tutadi. Bunda so‘z yoki ibora o‘z ma’nosiga tamomila qarama-qarshi bo‘lgan ko‘chma ma’noda ishlatiladi.
Kinoya so‘zlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushunchaga kesatiqli, pichingli, istehzoli, umuman, subyektiv-kulgi aralash munosabatiniifodalash vositalaridan bo`lganligi uchun ham so‘z yokiiboraning to‘g‘ri ma’nosiga zid, ya’ni inkor, emotsional-ekspressivbo‘yoqli ma’no voqelanadi. Bunday kinoyaviy ma’noning voqelanishida nutq vaziyati, kontekst va intonatsiya ham alohida rol o‘ynaydi. Masalan, Bugunjug'rofiya o'qituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman deb so‘ridanyiqilib, oyog‘ini sindiribdi. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinfbo ‘shadi-qoldi (Said Ahmad)parchasida xushxabar so‘zi ≪shumxabar≫ tarzidagi kinoyaviy ma'noda qo`llangan. Kinoyada so'z yoki iboraning tildagi ma'nosi bilan nutqda reallashgan Ko'chma ma'nosi o`rtasidagi zidlik kuchli ta’kid oladi va shunga ko'ra birdaniga diqqatni jalb etadi.
Kinoyaviy qo`llangan so'z yoki ibora og`zaki nutqda o'ziga xos,farqli intonatsiya bilan aytilsa, yozuvda ko'pincha qo'shtirnoq bilan ajratiladi.
97-mashq. N. Mahmudov va Y. Odilovning ≪O`zbek tili enantiosemikso‘zlarining izohli lug‘ati≫da tavsiflangan bir so‘zda namoyonbo'lgan zid ma’nolarga diqqat qiling. O‘z ma’nosigazid holda ishlatilgan nutqiy ko‘chma ma’no asosida voqelangankinoyani izohlang.