O‘qituvchi:Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni: Suvli eritmalar elektrolizida eritmaning ionlaridan tashqari reaksiyada H+ va OH- ionlari ham ishtirok etadi. Masalan: NaCl eritmasining elektrolizini ko’rib chiqamiz.
Uyga vazifa:31-mavzuni o’qib, 144-betdagi barcha mashqlarni bajarish
__________________________________________________________________________________
Sana : 30.04.2020
Mavzu : Elektroliz. Suyuqlanmalar elektrolizi O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni: Elektroliz – eritmalar va suyuqlanmalarda doimiy elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidir. Elektrod – qarama-qarshi (+ va -) zaryadga ega o’tkazgichdan iborat tuzilmadir. Katod (-)da qaytarilish, Аnod (+) da oksidlanish jarayoni boradi.
Masalan: CuCl2 tuzi eritmasining elektrolizi.
Eritmadagi Cu2+ ionlari katodga borib elektronlar qabul qiladi va neytral atomlarga aylanadi. Cl- ionlai esa anodga borib, o’zining elektronlarini anodga beradi va zaryadsizlanadi.
Katod: Cu2+ +2ē = Cu0 Anod: 2Cl- -2ē → Cl20 Suyuqlanma elektrolizi: Oksid, ishqor va tuzlarning suyuqlanmalari orqali elektr tokini o’tkazish.
Eritmalar elektrolizi: Ishqor, kislota va tuzlarning suvdagi eritmalari orqali elektr tokini o’tkazish.
Masalan, natriy xloridning suyuqlanmasiga (NaCl 8010C da suyuqlanadi) inert (ko‘mir) elektrodlar botirilsa va o‘zgarmas elektr toki o‘tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ kationlari – katodga, Cl– anionlari – anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katodga yetgandan keyin undan elektronlar oladi va qaytariladi: Na+ + e = Na
Xlorid ionlari Cl– esa elektronlarni anodga berib oksidlanadi: 2Cl- - 2e = Cl2 Natijada katodda natriy metali, anodda esa xlor ajralib chiqadi.
elektroliz
2NaCl 2Na + Cl2
Suyuqlanmalar elektrolizi
Li, Cs, Rb, K, Ba, Ca, Na, Mg,
Al, Mn, Zn, Cr, Fe, Cd, Co, Ni, Pb
Cu, Ag, Hg, Pt, Au
MeSO4 → Me + O2 + SO3
MeSO4 → Me + O2 + SO3
MeSO4 → Me + O2 + SO3
MeCl → Me + Cl2
MeCl → Me + Cl2
MeCl → Me + Cl2
1-masala: Metall xlorid suyuqlanmasi elektroliz qilinganda 0,896 litr xlor (n.sh.) va 5,48 g metall hosil bo’lgan. Qaysi metallning xloridi elektroliz qilingan? Javob: Bariy (Ba)
2-masala: Metzll xloridi suyuqlanmasi elektroliz qilinganda 5,6 litr xlor (n.sh.) va 4,5 g metal hosil bo’lgan. Qaysi metall xloridi elektroliz bo’lgan? Javob: Alyuminiy (Al)
Uyga vazifa: 139-140-bet o’qish, CaBr2, KI, MgS tuzlari suyuqlanmalari elektrolizini yozish
__________________________________________________________________________________
Sana : 02.05.2020
Mavzu : Eritmalar elektroliziga doir masalalar yechish
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Masala: K2SO4 eritmasi elektroliz qilinganda eritma massasi 4,68 g ga kamaydi. Katodda hosil bo’lgan moddaning miqdorini toping. Javob: 0,26 mol
Masala: Na2SO4 ning 400 g 7,1 % li eritmasi elektroliz qilinganda katodda (inert elektrod) 22,4 litr gaz ajraldi. Elektrolizdan keyin eritmadagi moddaning massa uluhini toping.
Javob: 7,43%
Masala: 800 g 5 % li CuSO4 eritmasi massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini aniqlang.
Javob: m Cu = 16g, m H2 = 0,4g m O2 = 7,2g
Masala : Kumush nitratning 500 g 6,8 % li eritmasi elektroliz qilinganda (inert elektrod) anodda 22,4 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so’ng eritmadagi moddaning massa ulushini toping.
Uyga vazifa: Ekranda berilgan 4-masalani yechish
__________________________________________________________________________________
Sana : 05.05.2020
Mavzu : Elektroliz qonunlari
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni: Elektroliz qonunlarini 1834 – yil ingliz fizigi Maykl Faradey kashf qilgan.
Faradeyning 1-qonuni : Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalar massasi elektrolit eritmasi orqali o’tgan elektr tokining miqdoriga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Elektrolit eritmasidan qancha elektr toki o’tkazilsa, katodda va anodda shuncha modda ajralib chiqishi davom etadi. Agar elektr toki o’tkazilishi to’xtatilsa, moddalar ajrlib chiqishi ham to’xtaydi.
Agar moddaning massasini m bilan, elektr oqimi miqdorini Q bilan belgilasak, quyidagi formula kelib chiqadi: m = kQ bu yerda k elementning elektrokimyoviy ekvivalenti, ya’ni eritma orqali 1 kulon elektr oqimi o’tganda ajralib chiqadigan modda massasi.
Elektrolitdan vaqt oralig’idagi I o’zgarmas tok o’tganda Q = I * t va m = k*I*t Faradeyning 2-qonuni : Agar turli elektrolit eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari, shu moddalar ekvivalent og’irliklariga to’g’ri proporsionaldir.
Faradeyning ikkinchi qonuniga muvofiq, bir nechz elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali 1 F elektr toki o’tkazilsa, elektrodlarda oksidlangan yoki qaytarilgan moddalarning miqdorlari ularning ekvivalent miqdorlariga teng bo’ladi.
Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlaridan quyidagi formula kelib chiqadi:
m = (E * I * t ) / 96500 m = (E *Q) / F n = m / E n = (I*t) /96500
Masala: Kuchi 15 A bo’lgan tok 15 minut davomida CuCl2 eritmasidan o’tkazilsa, qancha (n.sh.) hajm xlor ajraladi?