86
Yubka uzun ham emas, kalta ham emas, eng maqbul
uzunlikda – tizzadan pastda bo‘lishi zarur. Hamyon sodda
va ozoda bo‘lishi kerak. Eng yaxshi taklif – to‘q jigarrang
charmdan tayyorlangani. Yaxshi yopilsin desangiz, uni
to‘ldirib yubormang.
Tufli
kostyum rangiga mos kelishi, oldi yopiq bo‘lishi
lozim. Soch turmagi murakkab bo‘lmasligi, ammo yaxshi
o‘ylangan va soch rangi tabiiy bo‘lishi zarur. Pardoz-andoz
kamtarona, tirnoqlar rangsiz yoki nafis ranglarda bo‘lishi
kerak. Taqinchoqlar yirik va yaltiroq bo‘lmasligi hamda
3 tadan (zirak, uzuk va zanjir) ortmasligi lozim.
Portfel
da tartib bo‘lishi zarur. Bo‘yinga tashlanadigan
ro‘mol yoki sharf maqbul hisoblanadi. Ayollar kiyim tan-
lashda uning vaqt va muhit bilan muvofiq bo‘lishiga e’ti
-
bor qaratishlari kerak.
Ayollarning latofatli ko‘rinishida yana bir kichik sir
yashiringan. Bu ulardan taralib turadigan ifordir. Atir hidi
ichki va tashqi go‘zallikni uyg‘unlashtirib turadi.
Dostları ilə paylaş: