87
Tarbiya, 11-sinf
Ma’naviyat xazinasidan
?
Go‘zal sifat va husni xulq bezamagan kishini hech
qanday kiyim ko‘rkam qila olmas.
Mahmud Zamaxshariy
Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan tezkor zamonda
yashayapmiz. Har tomondan axborot xuruji, turli chalg‘itish-
lar, nomaqbul va xatarli ma’lumotlar bilan yoshlarimiz
ong-u tafakkurini egallashga intilishlar mavjud...
Ana shun-
day tahdidlardan biri “ommaviy madaniyat”dir. “Ommaviy
madaniyat”ning maqsadi, avvalo, moddiy boylik orttirish,
odamlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, bir-birini va shu
bilan birga o‘zini o‘zi o‘ldirishigacha olib borishdan iborat.
“Gotlar” harakatining asosiy g‘oyasi esa o‘limni roman-
tiklashtirish, iztirob, azob-uqubat, ifloslikdan rohatlanish
-
dan iboratdir. Mazkur submadaniyat vakillari qora
rangga
asoslangan imijga tayanadilar, gotik musiqaga qiziqadilar,
bugungi kun bilan yashaydilar. Gotlar pozitiv his-tuyg‘ular-
dan zavqlanish o‘rniga ruhiy azoblanish,
umidsizlik va ruhiy
alamdan lazzatlanadilar.
Kiyim-boshning vazifasi insonni sovuqdan, yomg‘ir-qordan himoya qilishgi-
na emas, balki u e’tibor tortish vositasi hamdir.
Kiyimdagi tartib hamda ixchamlik ko‘pincha ishdagi tashkilotchilikka taq-
qoslanadi. Palapartish yoki noto‘g‘ri bog‘langan galstuk, oyoq
kiyimining kirligi,
libosining g‘ijimligiga e’tibor bermaydigan kishi haqida “o‘ziga nisbatan talab-
chan emas” yoki “atrofdagilarni hurmat qilmaydi” degan tasavvur hosil bo‘ladi.
Gotlar qora rangga asoslangan
“dress-kod”ga amal qiladilar.
Kiyinish uslubining asosiy ele
-
mentlari
liboslarida qora rang
ko‘p bo‘lishi, metalldan ishlangan
turli bezaklarni ishlatishdir.
Teringizni teshib surat
solmang – bu odatlar butparast
xalqlarga xos edi.
Qadimgi Ahd (19:29).
?
Dostları ilə paylaş: