92
Hikoyani o‘qing va quyidagi savollarga javob bering.
1. Kim birinchi salom berishi kerak deb o‘ylaysiz?
2. Mazkur vaziyatga o‘z fikringizni bildiring.
3. Siz bu vaziyatda qanday yo‘l tutardingiz?
Tanishingmi?
Gulnora dugonasi Saida bilan darsdan qaytayotgan edi. Saida avtobus
bekatida turgan yoshi chamasi 40 lar atrofidagi ayolga salom berdi. Gulnora du
-
gonasi salom bergani uchun tanishi bo‘lsa kerak deb xayolidan o‘tkazdi
va u ham
salom berdi. Saida yo‘lda uchragan o‘zidan katta har bir yo‘lovchiga salom
berib
borar ekan, Gulnoraning g‘ashi kelib:
–
Nega buncha salom beraverasan, nima, hamma uchragan odam sening
tanishlaringmi? – deb so‘radi.
– Yo‘q, – dedi Saida.
Salomlashish qoidalari
Qiz
bolalar uchun
O‘g‘il bolalar uchun
O‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, tabassum bilan salom beradi.
Kichik yoshdagi bolalarga o‘rnak tariqasida salom beradi.
“Assalomu alaykum” so‘zlari dona-dona qilib aytiladi.
Ro‘paradan kelayotgan kishiga u yetib kelishiga 3–4 qadam qolganda
salom beriladi.
Yoshi ulug‘roq ayol yoki erkak kishiga o‘rnidan turib salom beriladi.
Aka-uka, ona-bola, opa-singillar so‘rashganida qo‘l uzatib emas,
quchoqlashib, so‘ng qo‘l berib so‘rashiladi.
Rahbar qo‘l uzatmagunicha, xodimlar qo‘l uzatmaydilar.
Odatda
boshni biroz egib
salomlashiladi.
Ko‘rishganda qo‘lni qattiq qismas-
lik kerak. Qo‘lni qattiq
qisish yoki an-
chagacha qo‘yib yubormaslik odobsizlik
hisoblanadi.
Ayol kishi erkaklar bilan qo‘l berib
so‘rashishi uning ixtiyorida bo‘ladi.
Erkaklar ayollarga birinchi bo‘lib qo‘l
uzatmaydi.
Nuroniylar bilan qo‘l berib ko‘rish-
ganda ikki qo‘lini ham uzatib so‘rashiladi.
Jadvalni davom ettiring.
?
Dostları ilə paylaş: