95
Tarbiya, 11-sinf
IV BOB. SHAXSIY RIVOJLANISH
1. Berilgan rasmlar orqali xalq farovonligiga oid
omillarni aniqlang. Farovonlikka nimalar asos bo‘ladi?
2.
Sizning bilimli, o‘z kasbining mohir ustasi
bo‘lishingiz mamlakat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Bilim-saviyangizni oshirish uchun bir kunda
qancha vaqtni kitob o‘qishga sarflaysiz?
4. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino: “
Aql tarozisida
o‘lchanmagan bilim haqiqiy emas
”, deydi. Nima uchun
bilimlarni aql tarozisida o‘lchash kerak, deb o‘ylaysiz?
5. Mamlakatimizda bugungi kunda ilm-fan bo‘yicha
olib borilayotgan islohotlardan qanday maqsadlar
ko‘zlangan?
6. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan
davlatlarga e’tibor qarating. Buyuk ipak yo‘lining
quyidagilarga ta’sirini ayting:
– sivilizatsiya;
–
ilmiy-madaniy meros;
– davlatchilik rivoji;
– diplomatik munosabatlar;
– milliy va diniy munosabatlar.
23–24-MAVZU: RENESSANS POYDEVORI
3
5
6
1
2
4
7
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
O‘zbekiston
96
Zamonaviy O‘zbekistonda ilm-fan va uning ravnaqi
xorijlik ekspertlar nigohida
O‘zbekistonda ilm-fanni yangi darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan g‘oya-tak-
liflar davlatni yanada yuksaltirish nuqtayi nazaridan juda katta ahamiyatga ega.
Xalq o‘zining tarixi, madaniyati hamda an’analarini bilmog‘i muhim. Аks holda,
u milliylikdan mosuvo bo‘ladi. Аgar mamlakatlar bir-birining tarixini chuqur bil
-
sa, bugungi globallashgan dunyoda tinchlik va hamkorlik mustahkamlanadi.
O‘z-o‘zidan ayonki, bilimlar almashuvini olib borish, boshqa mamlakatlar,
xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan qo‘shma
tadqiqot hamda loyihalarni
hayotga tatbiq etish juda muhimdir.
Аntonio Аlonso Markos,
San Pablo-Madrid universiteti professori
1. Quyidagi matnni o‘qib, munosabatingizni bildiring.
Tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish,
taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina, ilm-fan
markazlari,
akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi.
2. “Ustoz ota kabi ulug‘” degan hikmatli naqlni amalda qaror toptirish uchun
qanday takliflar berardingiz? O‘zingiz bu hikmatga amal qilasizmi? Nima uchun
ustozning maqomi otaga tenglashtiriladi?
Me’mor Ismoil ibn Tohir Mahmud Isfahoniy
Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi bilan 1417–1419-yil-
larda Buxoroda madrasa qurgan.
Madrasa darvozasining peshtoqiga
Dostları ilə paylaş: