93
Tarbiya, 11-sinf
Yigitlar va qizlar alohida jamoaga bo‘linadi:
Oshda
O‘g‘il bolalar jamosi uchun
Bobom:
– Kech bo‘lib qoldi, ertalab barvaqt turishing kerak. Oshga boramiz,
kiyim-
laringni tayyorlab qo‘y! – dedi.
Ertalab aytilgan vaqtda oshga yetib bordik. Bobom to‘yxonaga yetib borgu-
nimizcha doim aytaverganidan menga yod bo‘lib ketgan qoidalarni yana bir bor
eslatdi. Men diqqat bilan eshitdim.
Dastyorlarning qo‘li-qo‘liga tegmasdi.
Men ham
bobomning ijozatlari bilan ularning safiga qo‘shildim.
Tadbir yakunida biz xizmat qilganlar bir davrada meh-
mon bo‘ldik.
To‘yxonadan chiqdik,
bobom mezbonlar bi-
lan xayrlashish oldidan meni ba’zi kishilar bilan
tanishtirdi. Men bir chekkada odob saqlab turdim.
Mezbonlar menga qo‘l uzatar ekanlar: “Tanishganimizdan
xursandmiz, bizniki-
ga mehmonga keling”, – deb lutf ko‘rsatishdi.
“Bobom to‘yxonaga yetib borgunimizcha doim aytaverganidan menga yod
bo‘lib ketgan qoidalarni yana bir bor eslatdi” degan gapda qanday qoidalar haqi-
da so‘z borgan deb o‘ylaysiz?
Mehmonda
Qiz bolalar jamosi uchun
Tog‘amnikiga beshik to‘yiga bordik. Albatta, onam aytganlaridek, siporoq
kiyindim. Borishimiz bilan mezbonlar bizni ochiq chehra bilan kutib olishdi.
Xonadonga kirar ekanmiz, onamni ichkariga boshlashdi.
Meni esa oyoqlarim
o‘z-o‘zidan oshxona tomonga boshladi. Oshxonada men tengi qizlarni ko‘rinmas
bir qo‘l boshqarmoqda edi. Hamma bilib-bilib o‘z ishini qilardi.
– Ha, shuning uchun kimdir alik oldi, kimdir senga
bu qiz nega menga salom
berdi, deb taajjublanib qarab qo‘yibdi-da?! E, bor-e, endi sen bilan birga yurmay-
man, odamni uyaltirib yubording... – dedi Gulnora.
Taomdan oldin qo‘lni yuvish baraka omili bo‘lib, u faqirlikni ketkazadi.
Taomdan keyin qo‘lni yuvish esa malomatni daf etadi.
Dostları ilə paylaş: