96
Zamonaviy O‘zbekistonda ilm-fan va uning ravnaqi
xorijlik ekspertlar nigohida
O‘zbekistonda ilm-fanni yangi darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan g‘oya-tak-
liflar davlatni yanada yuksaltirish nuqtayi nazaridan juda katta ahamiyatga ega.
Xalq o‘zining tarixi, madaniyati hamda an’analarini bilmog‘i muhim. Аks holda,
u milliylikdan mosuvo bo‘ladi. Аgar mamlakatlar bir-birining tarixini chuqur bil
-
sa, bugungi globallashgan dunyoda tinchlik va hamkorlik mustahkamlanadi.
O‘z-o‘zidan ayonki, bilimlar almashuvini olib borish, boshqa mamlakatlar,
xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan qo‘shma tadqiqot hamda loyihalarni
hayotga tatbiq etish juda muhimdir.
Аntonio Аlonso Markos,
San Pablo-Madrid universiteti professori
1. Quyidagi matnni o‘qib, munosabatingizni bildiring.
Tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish,
taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina, ilm-fan
markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi.
2. “Ustoz ota kabi ulug‘” degan hikmatli naqlni amalda qaror toptirish uchun
qanday takliflar berardingiz? O‘zingiz bu hikmatga amal qilasizmi? Nima uchun
ustozning maqomi otaga tenglashtiriladi?
Me’mor Ismoil ibn Tohir Mahmud Isfahoniy
Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi bilan 1417–1419-yil-
larda Buxoroda madrasa qurgan.
Madrasa darvozasining peshtoqiga
Dostları ilə paylaş: