3 Tarbiya, 11-sinf QADRLI O‘QUVCHI! Hademay mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yasiz. Sizni oldinda kundalik turmushning oddiy sinovlari-yu “past-u baland”idan tortib umrning ajoyib va g‘aroyib sinalmagan so‘qmoqlari kutib turibdi. Chunki bu tiriklik kengliklarida yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va yolg‘onchilik, halol va harom kabi fazilat-u nuqsonlar kezib yuribdi. Ular yonma-yon yashaydi. Albatta, hayot mana shunisi bilan rang-barang, sir-sinoatlidir. Tasavvur qiling, hayotda ilk bor mushkul vaziyatga duch keldingiz va uni qanday yengishni bilmayapsiz. Unga qarshi kurashish uchun o‘zingizda kuch- qudrat topa olmayapsiz. Xo‘sh, siz kimga yoki nimaga murojaat qilasiz? Shubhasiz, bunday paytlarda ota-onalar va yaqinlaringizning samimiyat va pokizalikka asoslangan shaxsiy ibrati, murabbiy-ustozlaringizning mehribonlik va talabchanlikka yo‘naltirilgan ta’lim-o‘gitlari juda ham asqatadi. O‘n bir yil mobaynida boshqa fanlar singari “Tarbiya” darsligidan ham olgan go‘zal tarbiya, bilim va ko‘nikmalaringiz yordamga keladi. Mazkur darslikda “Erkin va farovon hayot mazmuni”, “Dadil qadamlar bilan katta hayot sari”, “Ibrat maskani”, “Missionerlik – yoshlar kelajagiga tahdid”, “Renessans poydevori”, “Halollik vaksinasi” kabi qiziqarli mavzular, fikr-musho- hadaga chorlaydigan ijodiy topshiriqlar keltirilgan. Bular sizga kelgusida qoqilmasdan, huda-behuda, foydasiz ishlarga chalg‘imasdan munosib hayot yo‘lini topishda samimiy ko‘makdosh, yaqin sirdosh vazifasini o‘taydi, deb umid qilamiz. Hurmat bilan Siz aziz umidli yoshlarni baxt va muvaffaqiyat sirlaridan ogoh etuvchi, nurli kelajak sari yo‘llab qoluvchi