“Siz tilni asrangiz!”
Maktab zali va sahna bayramona bezatilgan. Zal alloma va adiblarning o’zbek tili haqidagi so’zlari, xalq hikmatlaridan namunalar, rang – barang sharlar va anvoyi gullar bilan bezatilgan. “Yosh tilshunos” gazetasinging 21 – oktyabr – o’zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kunga bag’ishlab chiqarilgan soni sahnani bezab turibdi.
(Sahnaga karnay – surnay sadolari ostida jarchilar chiqib keladilar)
Jarchilar: Odamlar-u odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar!
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar jilmanglar!
Bugun maktabimizda ona tili bayrami o’tkazilyapti. Hammangizni ona tili bayramiga taklif etamiz!
(Sahnaga milliy libosdagi boshlovchilar kirib kelishadi).
1-boshlovchi: Assalom, tilimning shaydolariga,
Assalom, elimning shaydolariga.
Assalom, onadek tilni qutlovchi,
Assalom, dilimning shaydolariga!
2-boshlovchi: Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
1-boshlovchi: Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma beshga to’libsan mana.
2-boshlovchi: Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
boshlovchi: Mana bugun yurtimiz uzra yana bir muborak sana tantana bilan nishonlanayapti. Ona tilimizga Davlat maqomi berilganiga rosa 25 yil to’ldi shu munosabat bilan o’tkazilayotgan ona tili bayramini ochiq deb e’lon qilaman.Barchalaringizni ushbu bayram ila muborakbod etaman, hammalaringizga oltin sog’liq, uzoq umr tilayman.
Bshlovchi: Siz azizlarni bayram dasturimizni tinglab, tomosha qilishga taklif etaman.
(O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi).
1-boshlovchi: Azizlar, bugun biz ona suti-yu allasi orqali, ota –bobolar ibrati tufayli qonimizga singan, aziz va mo’tabar, ulug’ tilimiz- o’zbek tili haqida fikr yuritamiz.
1-o’quvchi: O, buyuk ona tilim! Buyuk mutafakkirlar yaratgan, ardoqlagan tilim!
2-o’quvchi: Qoshg’ariylar, Xos Hojiblar, Ahmad Yuknakiylar izlab-izlab topgan tilim!
3-o’quvchi: Navoiy-yu Boburlar, Uvaysiy-yu Nodiralar, Mashrab-u Xorazmiylar mashhur g’azallar, ash’orlar bitgan tilim!
4-o’quvchi: Al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, bobom Marg’iloniylar ilm deya ijod etgan tilim!
5-o’quvchi: O, ona tilim, sen naqadar buyuksan va naqadar qudratlisan!
6-o’quvchi: O, ona tilim, sen naqadar so’limsan, naqadar go’zalsan!
7-o’quvchi: Sening madhing asrlar osha shoirlar ash’orlarida kuylanmoqda.
(Yusuf Xos Hojib, A.Jomiy, A.Navoiy, Sa’diy Sheroziy, Mirtemir va A.Oripov timsolidagi o’quvchilar o’zlarining asarlaridan namunalar o’qiydilar),
Dostları ilə paylaş: |