12
Boylik bilan kambag‘allik yonma-yon yuradi... Ular vaqti-vaqti bilan o‘rin
almashadi, xolos.
Shu bois boyligingga quvonma, u o‘tkinchidir.
Yo‘qchilikda ko‘pam qayg‘urma, bu ham o‘tmay qolmas... Agar kishi oqil
bo‘lsa, har bir yaxshi-yomon ishlardan o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib oladi...
1. Siz maktabdan bo‘sh vaqtingizda nima ishlar bilan shug‘ullanasiz? Qanday
filmlarni ko‘rasiz yoki kitob o‘qiysiz?
2. Ko‘rgan filmlaringiz yoki o‘qigan kitobingiz ta’sirida
yurgan vaqtlarin
-
giz bo‘lganmi? Shu holatni tasvirlab bera olasizmi? Kino yoki asar qahramon-
larining kechmishlari, ularning keyingi hayotiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan
voqealar haqida o‘ylaganmisiz?
3. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, sizning kundalik hayotingizda bo‘ladigan ayrim
hodisalar, jarayonlar ko‘rgan film va o‘qigan asarlaringizdagi voqealarga o‘xshab
ketadimi?
4. Ezgulikka nimalarni misol qila olasiz?
5. Qanday qilib odamlar ezgulik
tufayli shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham
pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladi?
6. Siz hayotingizda pul va boshqa boyliklarga ega bo‘lish uchun nimalarni
rejalashtirdingiz? Maqsadingizga erishish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqing.
Bunda, albatta,
ezgu maqsad, ezgu ishlarga urg‘u bering.
Ma’naviyat – insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va
davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi
ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar
majmuasidir.
Boshqacha
aytganda, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy
munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
?
Dostları ilə paylaş: