15
Tarbiya, 11-sinf
1. “Zoye ketkazilgan vaqt qaytib berilmaydi” degan fikrga qanday qaraysiz?
2. Hazrat Alisher Navoiyning ushbu hikmatiga e’tibor qarating:
“Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il”.
Ya’ni inson o‘z umrini ignali sim to‘siqlar bilan mustahkam o‘rab qo‘yganda
ham, zinhor vaqt shiddatidan o‘zini asrab qola olmaydi. Demak,
har lahzaning
qadriga yetish lozim!
3. Katta hayotda qoqilmaslik uchun vaqtni qanday sarflash kerak?
Fikringizni kundalik faoliyatingiz bilan bog‘lab tushuntiring. Qanday fe’l-atvor-
ga ega bo‘lish kerak? Qaysi fazilatlarni zarur deb o‘ylaysiz? Ro‘yxatini tuzing.
Ulardan qay biri sizda shakllangan? Nimalarga e’tibor berishingiz kerak?
4. “Men qanday odamman?” degan portretingizni chizib ko‘ring. O‘zingizdagi
xususiyatlarni 10 balli shkalada baholab chiqing.
1.2.3.4.5
Aqlli
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Rostgo‘y
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Adolatli
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Kuchli
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Mehribon
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Muloqotga kirishuvchan
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Dovyurak
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Rahmdil
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Talabchan
6.7.8.9.10
1.2.3.4.5
Qat’iyatli
6.7.8.9.10
Insonning o‘ziga bahosini oyna bilan qiyoslash mumkin. Agar
oyna qiyshiq
bo‘lsa, inson qiyofasi ham qiyshiq ko‘rinadi. Xuddi shu kabi kishining o‘ziga
bahosi noto‘g‘ri, noxolis bo‘lsa, u qiyshiq oyna kabi noto‘g‘ri aksni ko‘rsatadi.
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Dostları ilə paylaş: