23
Tarbiya, 11-sinf
daxldorlik
ma’nan
yuksaklik
mas’uliyat
sha’n
qadr-qimmat
Ota go‘dak farzandini suyganda baland ko‘taradi. Bu – mendan-da ulug‘
bo‘l, bolam, degani. Bu – haqiqiy g‘amxo‘rlik va farzandni barcha narsadan,
hatto o‘z-o‘zidan aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni
quchog‘iga olar ekan, peshonasidan o‘padi. Bu – toleying porloq bo‘lsin, degani.
Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun har narsaga tayyorlik mu-
jassam bo‘ladi ushbu mehrda. Harbiy xizmatga kuzatayotganda ota o‘g‘lining
belidan dast ko‘taradi. Bu – Vatan xizmatiga bog‘lagan beling mustahkam bo‘lsin,
degani. O‘qishni bitirib, o‘g‘li qo‘lidan ishini olganida ota duoga qo‘l ochadi:
“Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, bolam...”
O‘shanda uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasav-
vur qila olmaysiz. Farzandining ulug‘ ishlarni qilganini ko‘rganida esa “ota o‘g‘il”
deb suyadi, qiziga esa “ona qizim” deb murojaat etadi... Buning tagida shunday
hikmat bor: “Bugun seni suysam, ertaga senga suyanaman!”
Bosma OAV materiallaridan
4. Jamiyat va davlat ravnaqida shaxsiy daxldorlikning o‘rni qanday?
5. “Shaxs”, “oila”, “jamiyat” – bu uch tushunchani qanday rishtalar uzviy
bog‘lab turadi?
6. Venn diagrammasi asosida
daxldorlik, ma’nan yuksaklik, mas’uliyat, sha’n,
qadr-qimmat
so‘zlarining tutashgan chiziqlarini aniqlang va ularni jamiyat
tinchligi va farovonligiga ta’sirini ayting.
Bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvli-
giga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi,
mamlakat va millat ham shunday kuchli va tartibli bo‘ladi.
Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosa-
batlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millat
-
ning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.
Abdurauf Fitrat
Dostları ilə paylaş: