11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
I bob. Oilaviy qadriyatlar


21
Tarbiya, 11-sinf
5-MAVZU: OILA MAS’ULIYATI, SHA’NI VA QADRI
1. Rasmlardan foydalangan holda oila ma’naviyati haqida 
o‘z tushunchangizni ayting. 
2. Oilaning muqaddasligi nima bilan o‘lchanadi? 
3. Oilaga ta’rif berilganida “Oila mo‘jaz Vatandir”, deyila-
di. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang.
4. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan oilaviy 
qadriyatlar yoritilgan lavhalarni eslang.
Oiladagi muhit insonning o‘ziga xos ma’naviyati, 
dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodi shakllanishida, yuksa- 
lishida muhim omil bo‘ladi. Inson qalbi va ongidagi eng sof, 
pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar aynan 
oila bag‘rida shakllanadi.
Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi, 
balki ma’nan va axloqan go‘zal tarbiya egasi bo‘lgan inson 
voyaga yetadi. Oila shunday makonki, unda avlodlar kamol 
topadi. Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi, sog‘lom 
avlod tarbiyasiga doimo e’tiborda bo‘lganlar. Bunday e’tibor 
avlodlar qalbi va ruhiyatiga singdirib borilgan.
1. “Bu muqaddas dargohda ma’nan va axloqan go‘zal 
tarbiya egasi bo‘lgan inson voyaga yetadi” degan fikrni 
rasmlar asosida izohlashga harakat qiling.
2. “Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ulari, 
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar” deganda nimalarni
tushundingiz? Misollar keltirishga harakat qiling.
3. Aka-uka, opa-singil munosabatlarida mas’uliyat 
bormi? Javobingizni asoslang.
4. 5-, 6-rasmlar asosida hikoya tuzing. Rasmlarni qanday 
nomlagan bo‘lardingiz?
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Ijodiy faoliyat
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin