30
Bir kishi har kuni bozordan uchta non xarid qilar ekan. Uchtadan ko‘p ham,
kam ham olmas ekan. Uni kuzatib yurgan novvoy bir kuni so‘rabdi:
– Ey qadrdonim, sizni anchadan beri kuzataman.
Kuniga uchtadan non xarid
qilasiz. Ko‘p ham emas, oz ham emas. Buning sababi nimada?
?
Mulohaza uchun
– To‘g‘ri, – debdi xaridor. – Har kuni uchta non olaman. Uning
bittasini qar-
zimga beraman, yana bittasini qarzga beraman. Qolgan bittasini o‘zim yeyman!
Novvoy xaridorning bitta nonni o‘zim yeyman, degan gapini
tushunibdi-yu, qolganini anglamay taajjublanibdi.
1. Shundan keyin novvoy xaridorning fikriga qanday munosabat bildirgan
bo‘lishi mumkin?
2. Mazkur rivoyatdagi xaridor oddiy insoniy
burchini bajarayotgan kishi,
deylik, u uchta non olib bormasa, qanday holat bo‘lishi mumkin? Siz uning o‘rni-
da qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
3. Siz odatda nechta non sotib olasiz? Nima uchun?
Shunda xaridor gapini izohlab debdi:
– Qarzimga deganimni ota-onamga beraman. Negaki, ular meni bolaligimda
xuddi
shunday non berib, boqishgan. Qarzga deganimni esa,
bolalarimga bera-
man. Bir kun kelib, ular ham qarzlarini uzishadi…
?
Ijodiy faoliyat
4. Kimlarning oldida o‘zingizni
qarzdor deb hisoblaysiz?
3. Xaridor kimdan qarz?
Undan kim qarzdor
bo‘lishi mumkin?
Ma’naviyat xazinasidan
?
1. Nima uchun novvoy aynan
ushbu xaridorga e’tibor berdi?
2.
Novvoyning savoliga xaridor
nima deb javob bergan bo‘lishi
mumkin?
Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi
dengizlarda suzishni o‘rgandik.
Lekin hozirgacha yer
yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik.
Martin Lyuter King
II bob. Inson ma’naviyati