11-sinf tarbiy


Temuriylar davrida ham tozalikka e’tibor qaratilgan



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Temuriylar davrida ham tozalikka e’tibor qaratilgan
Amir Temur davrida mahallada birdamlik, tozalik masalalariga alohi-
da e’tibor qaratilgan. Xalqni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ko‘pgina
hovuz, ariqlar qazilgan. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 
Amir Temur va temuriylar davrida yuqumli kasalliklar tez-tez tarqab turar edi. 
Buning oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rilgan. Xususan, tozalikka katta 
ahamiyat berilgan, ayniqsa, ariq va hovuzlardagi suvlar nihoyatda toza tutilgan.
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
?
Ma’lumot uchun
Biror shaxs mahallada yashab turib, undan “tashqarida” 
bo‘la olmaydi. Mahalla o‘zaro ishonch, yordam va himoya 
munosabatlariga asoslanadi.


28
Alisher Navoiy ijtimoiy kelib chiqishi, mavqeidan qat'i nazar, insonni ulug‘la-
di. Inson deya atalmish xilqatga buyuk hurmat bilan qaradi. Axloqiy va insoniy 
fazilatlarni o‘zining asarlarida madh etdi. Yaxshilarga qo‘shilish, yaxshilar suh-
batida bo‘lib, har vaqt xushmuomalalik, oliyjanoblik va insoniylik bilan xalqning 
hurmatini qozonish mumkinligini kuyladi.
Navoiy din-u diyonatni mahkam ushlagan, bu yo‘ldan aslo adashmagan ulug‘ 
siymo edi. U imon, insof, diyonat, saxovat, muruvvat kabi insoniy qadriyatlarga 
hamisha amal qilib yashadi. Boshqalarni ham shunga da’vat qildi. Butun hayoti 
va faoliyatini inson baxt-saodati, xalqning farovonligiga bag‘ishladi.
Ayniqsa, Navoiy vazirlik davrida butun kuchini mamlakatda tinch-
lik va osoyishtalik o‘rnatishga, uni yanada obod qilishga sarfladi. Muar
-
rix Xondamir Alisher Navoiy Xurosonda 52 ta rabot, 20 ta hovuz, 
16 ta ko‘prik, bir qancha masjid-madrasa, to‘g‘on, ariq, hammom va boshqa 
maishiy binolar qurdirganini qayd etgan.
Navoiy davrida Hirot katta madaniy markazga aylandi, ilm-fan, ma’rifat gul-
lab yashnadi. Mutafakkir shoir xalqni o‘ylab, uning baxt-saodati uchun fidoyilik 
ko‘rsatishni eng ibratli turmush deb bilgan. U xalqqa qilingan yaxshilik, aslida, uni 
qilgan kishiga ko‘proq foyda keltirishini quyidagi misralarda go‘zal ifodalaydi:
Naf yetkurmakka shior aylading,
O‘zungga ul nafni yor aylading.
Nafing agar xalqqa beshak durur, 
Bilki, bu naf o‘zungga ko‘prak durur.
1. “Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nafaqat hassos shoir, balki xalqning 
g‘amini o‘ylagan yurtparvar inson sifatida ham barhayot” degan fikrni asoslang.
2
. “Naf yetkurmakka shior aylading” 
deb boshlanuvchi to‘rtlikni diqqat
bilan o‘qing. Tushunganlaringiz asosida “Mening mahalladagi o‘rnim” mavzusi-
da esse yozing.
3. Nima uchun mahalla ibrat maskani deyiladi? Mahallangizda qanday ibratli 
ishlar amalga oshirilmoqda? 
4. “Mahallamning obodligida mening o‘rnim” mavzusida o‘zingiz bajara
oladigan takliflar va ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqing. 
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin