Tarbiya, 11-sinf
7-MAVZU: BAG‘RIKENGLIK
1. Bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz? Siz o‘zingizni bag‘rikeng inson
deb hisoblaysizmi?
2. Bag‘rikeng bo‘lishning jamiyat va davlat ravnaqiga qanday ta’siri bor?
3. Davlatga nisbatan “bag‘rikeng” so‘zini ishlatish mumkinmi?
4. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va 3-savolga bergan javobingiz bilan
solishtiring:
a) 2019-yil 10-oktabr kuni o‘zbekistonlik 64 nafar bola Yaqin Sharq mamlakat-
laridan maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
b)
O‘zbekistonda ta’lim yettita tilda olib boriladi. Buning uchun o‘zbek tilida
yaratilgan barcha darsliklar oltita (qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman)
tilga tarjima qilinib, o‘quvchilarga yetkazib beriladi.
Nima deb o‘ylaysiz,
davlat-
ning bu faoliyatini bag‘rikenglik deb baholash mumkinmi? Fikringizni asoslang.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Mulohaza uchun
O‘rtamizdagi do‘stlik rishtalari hamma sohalarda namoyon bo‘lmoqda: har
bir pravoslavning musulmon do‘stlari mavjud bo‘lgani kabi ruhoniylar
va imom-
lar o‘rtasida ham do‘stlik aloqalari juda baland. Do‘st musulmonlarga tadbirkor-
lik sohasi yoki konstitutsiya bo‘yicha
yordam bilan murojaat qilinsa, albatta,
so‘ralgan narsani olamiz. Bizda ziddiyatlar u yoqda tursin,
tushunmovchiliklar
ham mavjud emas.
Mitropolit Vladimir
1. Yuqorida berilgan fikrni mavzuga bog‘lab, insonlarning o‘zaro mehr-
oqibatli va kechirimli bo‘lishi haqida fikr bildiring.
2. Siz begonalarga nisbatan ham oqibatli va kechirimli bo‘la olasizmi?
Bunday yo‘l tutishingizda qanday qadriyatlar ustuvorlik qiladi?
Dostları ilə paylaş: