19
Tarbiya, 11-sinf
1. Jamiyat boshqaruvida siz qanday ishtirok etishingiz mumkin?
2. O‘z irodasini ifodalash deganda nimani tushunasiz?
3. Sinfdoshlaringiz ichidan sinf sardorini qanday mezon asosida saylaysiz?
4. O‘n sakkiz yoshga to‘lgach, o‘z siyosiy irodangizni ifoda etishga kirisha-
siz. Saylov jarayonlarida ishtirok eta boshlaysiz. Bunda nimalarga e’tibor
berishingiz kerak bo‘ladi?
Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib javob bering:
Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan
o‘tkaziladi.
Ayting-chi, “bitta pasport – bitta ovoz” deganda nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik
palatasi deputatlari va
mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
saylash huquqiga egadir.
Fuqarolar jinsi,
irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining
turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, 4-modda
1. 18 yoshga to‘lgan shaxs qanday huquqlaridan to‘laqonli
foydalanadi? Bu huquqlar qanday
majburiyat va burchlarni
yuzaga keltiradi?
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan saylov-
ga oid moddalarni toping va mavzuga bog‘lab tushuntirishga harakat qiling.
3.
Hech kuzatganmisiz, oila a’zolaringizdan yoshi kattalar saylov jarayoni
yaqinlashganda oilada jamiyatning rivojlanishi, bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar
haqida ko‘proq o‘zaro muloqot qila boshlashadi. Ular
jamiyatdagi, oiladagi
qanday qadriyatlar haqida suhbatlashadilar? Nima uchun shunday?
4. Saylovoldi targ‘ibot jarayonlarini kuzatganmisiz? Bu jarayonlar jamiyat
ravnaqi uchun qanchalik muhim?
?
Dostları ilə paylaş: