94
Shu vaqt ichkaridan choynak ko‘tarib bir ayol chiqdi, darhol choynakni oldim.
Gaz plitasi oldida turgan xolavachcham: “Qanaqa choy, ko‘kmi-qorami?” – dedi
hushyorlik bilan va qo‘limdagi
choynakni oldi-da, choy damlab, qo‘limga tutqaz-
di. Orada men bilan so‘rashishga ham ulgurib, “Ichkariga kirib tamaddi qilib ol,
keyin osh suzishga qarashasan”, – deb qo‘ydi...
1. “Oshxonada men tengi qizlarni ko‘rinmas qo‘l boshqarmoqda edi. Hamma
bilib-bilib o‘z ishini qilardi” degan gapda qanday “ko‘rin-
mas qo‘l” haqida gap ketyapti?
2. Siz bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutasiz?
Har ikki guruhga:
Nima
uchun bu qoidalarga amal
qilish kerak? Har bir qoidani ifodalovchi ramzlarni
ishlang.
Ikkala guruhning qoidalaridagi umumiy va o‘ziga
xos tomonlarni belgilang. Buni Venn diagrammasida
ifodalang.
1. “Tanishingmi?”, “Oshda” va “Mehmonda” hikoyalarida qanday qadriyatlar
yashiringan? Har bir hikoyadagi siz uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar ro‘yxatini
tuzing.
2. Yana qanday qoidalarni qo‘sha olasiz?
3. Faraz qiling, siz tashkilot rahbarisiz. Tashkilotingiz
etiket qoidalarini
ishlab chiqing.
Bilasizmi?
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
Suv ichayotganda
kishi
bir nafasda emas,
sekin-sekin uch bo‘lib
ichishi lozim.
Ichilayotgan suvga
puflamaslik kerak.
Turib yoki yurib suv
ichgandan o‘tirib
ichgan yaxshiroqdir.
Dasturxonning ham
-
ma tomoniga qo‘l
uzatmasdan, taomni
o‘z oldidan, luqmani
oz-ozdan
olish
odobdandir. Og‘izda
luqma bo‘lsa,
gapirmagan ma’qul.
Dasturxon atrofi
-
da boshqalarning
luqmalariga qarash,
ko‘ngilni
qoldiradi-
gan harakatlar qilish,
qahqaha otib kulish,
og‘izni chapillatish
yomon odat.
Dostları ilə paylaş: